Assalomu Alaykum MAVZU: Vanadiy va uning xossalari. MUSTAQIL ISHI MAVZU: VANADI VA UNING XOSSALARI. R E ' J A Vanadiyning kashf qilinish tarixi. Vanadiyning tabiatda tarqalishi. Vanadiyning D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalida tutgan o'rni. Atom tuzilishi. Vanadiyning olinishi. Vanadiyning ishlatilishi. Fizik va kimyoviy xossalari. muhim birikmalari. Biologik ahamiyati va ta'siri. Foydalanilgan adabiyotlar Vanadiyning kashf qilinish tarixi. Vanadiy 1830-yilda Skandinaviyalik olim Zefshtrem tomonidan temir rudalarini tekshirish vaqtida kashf qiliingan. 1869-yilda ingliz olimi Rosko erkin holda ajratib olgan. Vanadiy nomi go'zallik xudosi Vanadis nomidan kelib chiqadi. 1834-yilda vanadiy Uralda qazib chiqariladigan rudalar tarkibida topilgan. Vanadiyning tabiatda tarqalishi. Vanadiy yer qobig'ining 1.5∙10-2 % ni tashkil qiladi. Lekin vanadiy juda tarqoq element bo'lganidan uning birikmalariga boy yirik konlar uchramaydi. Vanadiyning 50 dan ortiq minerallari ma'lum. Ularga Quyidagilar kiradi: Peru va Argentinada uchraydigan Patronit VS4; Janubiy-Sharqiy Afrika va Avstraliyada uchraydigan Karnotit K2(UO2)2∙[VO4]2∙3H2O; Kolaradoda uchraydigan Vanadinit 3Pb3(VO4)2∙PbCl2 minerallaridir. Ural va Kerchda temir rudalarida ham vanadiy minerallari bo'ladi. O'rta Osiyoda uchraydigan Tyamuyunit minerali Ca(UO2)2∙(VO4)2∙H2O da ham vanadiy bor. Vanadiyning D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalida tutgan o'rni. Atom tuzilishi. Vanadiy D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasining 4- davr v gruppaning yonaki gruppachasida joylashgan. d-elementlar oilasiga mansub. Tartib raqami 23, o'rtacha atom massasi 50,942 ga teng. Vanadiyning 2ta tabiiy va 7ta sun'iy izotoplari olingan. Shulardan, barqarorlari 50V tabbiy vanadiyning 0,24% ini va 51V tabiiy vanadiyning 99,76% ini tashkil qiladi. Vanadiy atomida 23 ta elektron va proton mavjud bo'lib, undagi neytronlar soni 28 taga teng. Ya'ni: N = Ar - Z = 51 - 23 = 28 Vanadiyning atomida jami 4 ta elektron qobiq bo'lib, tashqi qobiqda 2 ta elektron joylashgan. Uning elektron konfiguratsiyasi: V+51)) 1s22s22p63s23p64s23d3 28112 Vanadiyning nisbiy elektromanfiyligi 1,6 ga teng. Vanadiyning olinishi hozirgi vaqtda vanadiy va uning oksidlarini qaytarish yo'li bilan ferrovanadiyni xlorlash orqali olinadi. Qaytaruvchi sifatida Ca, Mg, Al, metallari ishlatiladi. Temir oksid bilan vanadiy (v)-oksidni aralashmasini qaytarish orqali ferrovanadiy olinadi; uning tarkibida 30-40% vanadiy bo'ladi. Toza vanadiy olish uchun vanadiyning (II)-oksidi inert gaz atmosferasida kalsiy Ca bilan yoki vanadiy (v)-oksidi alyuminiy Al bilan qaytariladi. V2O3 + 2Ca → 2V + 3CaO 3V2O5 + 10Al → 6V + 5Al2O3 Birinchi reaksiyani vanadiy hosil qilishning kalsiy termik usuli deyiladi. Reaksiyada ko'p miqdor issiqlik chiqadi. Bu issiqlik vanadiyni suyuqlantirish uchun yetarli bo'lganligi uchun vanadiy erib, so'ngra dona-donachalar shaklida yig'iladi. Reaksiyani germetik berk po'lat bo'mbalarda olib boriladi. Bu usulda hosil qilingan vanadiyning tozalik darajasi 99,5% ga teng. Nixoyatda toza VJ2 ni vakumda elektr toki ta'sirida qizdirilgan volfram W simda 900C da parchalab ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
66.97 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:19
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
66.97 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:19 ]
Arxiv ichida: ppt