Mavzu: Toshkent vilovat Angren shahar 73-ixtisoslashtirilgan maktab-internat kimyo fani o'qituvchisi: R.Yu.Mamadaliyeva Uyga vazifani tekshirish. 35§ 5- masala. 5,95g KBr tarkibidan bromni to'liq siqib chiqarish uchun n.sh.da o'lchangan qancha hajm xlor kerak? 2 KBr + Cl2 → 2KCl + Br2 Mr (2KBr) = 2x39 + 2x80 = 78+160=238 g 238g KBr ga 22,4l Cl2 ta'sir ettirish kerak bo'lsa 5,95 gKBr ga xl Cl2 ta'sir ettirish kerak bo'ladi. x = 5,95x22,4 238 = 0,56 litr. Javob: 0,56 Cl2 kerak bo'ladi. 1) Davriy jadvaldagi kimyoviy elementlar necha turga bo'linadi? Javob: Metallar va metallmaslarga. 2) Metallmaslar nechta? Javob: Ularning soni 22 ta. 3) Metallmaslar qanday elementlar oilasiga kiradi? Javob: p - elementlar, vodorod va geliy s - elementlar oilasiga mansub. 4) Kislorod guruhchasi metallmaslari nima deb ataladi? Javob: xalqogenlar. 5) Ftor guruhchasi metallmaslari nima deb ataladi? Javob: galogenlar. 6) Geliy guruhchasi metallmaslari nima deb ataladi? Javob: inert gazlar. 7) Galogenlar - so'zining ma'nosi nima? Javob: tuz va hosil qiluvchi degan ma'noni bildiradi. 8) Galogen so'zini fanga kim kiritgan? Javob: 1811 yilda I. Shveyger. 9) Galogenlar tabiatda qanday holda uchraydi? Javob: birikmalar holida. 10) Galogenlar orasida eng elektrmanfiylik qiymati katta element? Javob: ftor. 11) Sarg'ish - yashil rangli, o'tkir hidli, bo'g'uvchi, zaharli gaz? Javob: xlor. Darsning maqsadi: Ta'limiy - Vodorod xloridning sanoatda va laboratoriyada olinishi, xossalari, ishlatilinishi hamda xlorid kislotaning olinishi, xossalari, ishlatilinishi, gipoxlorat, xlorit, xlorat, perxlorat kislotalarning xossalarini o'rgatish. Tarbiyaviy - Vodorod xloridning zaharli gaz ekanligi, xlorning kislorodli birikmalari portlovchi moddalar ekanligi haqida tushuncha berish.Natriy xloridning ahamiyati haqida bilimlarini oshirish. Rivojlantiruvchi - Vodorod xlorid, xlorid kislotaga xos reaksiya tenglamalarini izohlay olish, tajribalar bajarish ko'nikmasini oshirish. Darsning maqsadi: 1.Vodorod xlorid va xlorid kislotaning olinishi. 2.Xlorid kislotaning fizik xossalari. 3.Xlorid kislotaning kimyoviy xossalari. 4.4- laboratoriya ishi. 5.Xlorid kislotaning ishlatilishi. 6.Xlorid kislotaning tuzlari, natriy xloridning ishlatilishi. 7.Xlorning kislorodli birikmalari. YANGI MAVZUNI BOSHLASHGA HOZIRLIK: Vodorod xlorid mavzusi katta mavzu bo'lganligi uchun o'quvchilarni 4 guruhga bo'lib olinadi Guruhlarga quyidagi mavzular bo'lib beriladi. 1.Ftor guruhiga - Vodorod xloridning xossalari. 2.Xlor guruhiga - Xlorid kislotaning ishlatilishi. 3.Brom guruhiga - Natriy xloridning ishlatilishi. 4.Yod guruhiga -Xlorning kis lorodli birikmalari. Kimyoviy formulasi: HCl Nisbiy molekulyar massasi: 36,5 Tuzilish formulasi: H - Cl Kovalent qutbli molekula. Yangi dars bayoni: HClning olinishi: 2 NaCl + H2 SO4 = Na2 SO4 +2HCl↑ HClning suvda erishidan xlorid kislota olinishi Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; Kimyoviy xossalari - binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi; - ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi; - metilzarg'aldog'ining ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.67 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:21
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.67 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:21 ]
Arxiv ichida: ppt