Xom ashyoni qayta ishlash prinsiplari

Xom ashyoni qayta ishlash prinsiplari

O'quvchilarga / Kimyo
Xom ashyoni qayta ishlash prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Xom ashyoni qayta ishlash prinsiplari Reja: 1. Ishlab chiqarish chiqindilari. 2. Chiqindilarni qayta ishlash. 3. Xom ashyoni qayta ishlashning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Hozirgi kunda qattiq chiqindilar ham ko'plab ajralib, atrof-muhitga jiddiy zarar keltirmoqda. Chiqindilar- gazsimon va suyuq chiqindilar bir tomondan qaraganda atmosfera havosiga singib ketishi yoki suv havzalariga qo'shilib ketishi bilan uni ko'pmcha ilg'amay qolamiz. Qattiq chiqindilar esa ajralib chiqishi va to'planishi natijasida katta maydonlarni egallab, doimo ko'z ostimizda atrofga jiddiy zarar keltirayotganligini ко'p guvohi bo'lamiz. Shuning uchun ushbu tur chiqindilarni zararsizlantirishda va qayta ishlashda ularga alohida yondoshish lozim. Ma'lumki, ilmiy-texnikaning rivojlanib borishi o'z yo'lida sanoat ishlab chiqarish korxonalarining salmog'ini ham kundan-kunga kengaytirib boradi. Ishlab chiqarish korxonalarining kengayishi va yangilarining ishga tushishi esa tabiiy resurslaming ko'plab ishiatilishiga va buning natijasida atrof-muhitga chiqindilarni ham tashlanishiga olib keladi. Albatta qattiq chiqindilaming hosil bo'lish miqdori korxona texnologiyasining darajasiga va ishlatiladigan xom ashyo turlariga bog'liqdir. Bunda ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llaniladigan texnologiyalar qancha mukammal bo'lsa, chiqindilar miqdori va ulaming atrofga salbiy ta'siri shuncha kam bo'ladi. Ming afsuski, ko'pchilik korxonalar ilgari qurilgan bo'lib, ularda xom ashyolarning samarali kompleks ishlatilmasligi kuzatiladi. Natijada, xom ashyoning boshlang'ich ishlatish bosqichidan boshlab korxonada ko'plab chiqindilaming hosil bo'lishi va uning hududida to'planishi ro'y beradi. Xom ashyo klassifikatsiyasi. Sanoatning xom ashyosi turli belgilarga ko'ra klassifikatsiyalanadi: Kelib chiqishiga ko'ra tabiiy (minerallar, o'simliklar va hayvonlar) va sun'iy (koks, sanoat gazlari, kimyoviy tolalar va h.k.); Agregat holatiga ko'ra qattiq (minerallar, rudalar, ko'mir, yog'och), suyuq (suv, neft, tuz eritmalari) hamda gazsimon (havo, gazlar); Kimyoviy tarkibiga ko'ra organik va anorganik; Ishlatilishiga ko'ra: ozuqabop va texnik turlarga bo'linadi. Mineral xom ashyolar. Yer ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar xom ashyolar deyiladi. Bunday minerallar Yer yuzida 2500 ga yetadi va bular Yer sharining turli qismlarida turli miqdorda bo'ladi. Rus olimlari V.I.Vernadskiy, N.S.Kurnakov, A.E.Fersman va I.M.Gubkinlar yer osti mineral boyliklarini qidirib topish, qazib olish va qayta ishlash asoslarini yoritib beradi. MDH o'zidagi ko'mir, torf, fosforli va kaliyli tuzlar, osh tuzi, natriy sulfat va shu kabi boyliklarning zapasi jihatidan dunyoda birinchi o'rinlarda turadi. Xalq xo'jaligida ishlatiladigan minerallar uch turga bo'linadi: Rudali; Rudasiz; Yonuvchi mineral xom ashyolar. Bu minerallarning ko'pi qattiq holda bo'ladi. Suyuq mineral boyliklarga faqat neft hamda gaz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz kiradi. Rudali mineral xom ashyolar foydali jinslar bo'lib, metallar olish uchun asosiy manbadir. Nodir metallardan (Au, Pt, Mo) boshqa qora va rangli metallar bu rudalar tarkibida oksid (MenOm) yoki sulfid (MenSm) holida uchraydi. Ko'pincha rudali xom ashyolar tarkibida bir qancha metall: qo'rg'oshin, rux, mis sulfidlari, kumush, oltin, kalsiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 81.73 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 81.73 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga