Yuqori haroratda boradigan jarayonlar va katalitik jarayonlar

Yuqori haroratda boradigan jarayonlar va katalitik jarayonlar

O'quvchilarga / Kimyo
Yuqori haroratda boradigan jarayonlar va katalitik jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

Yuqori haroratda boradigan jarayonlar va katalitik jarayonlar Reja: Reja: 1. Ishlab chiqarishda yuqori haroratdan foydalanish. 2. Hozirgi zamon sanoat pechlari. 3. Kimyoviy texnologiyada yuqori haroratli jarayonlarning ahamiyati. Darsning shiori: O'z-o'ziningizni topib oling va o'zingiz bo'lib yashang. Yodingizda bo'lsinki, bu dunyoda sizday ikkinchi odam yo'q. Deyl Karnegi 1. Vaqtdan unumli foydalanish. 2. O'zaro hurmatni saqlash. 3. Diqqatni jamlash. 4. Darsga kechikmaslik. 5. O'zgalar fikrini tinglashni bilish. 6. Tartib-intizomni saqlash. 7. O'ng qo'l qoidasiga rioya qilish. 8. Erkin fikrlash. 9. Samimiy tanqid qilish. 10. O'z o'rnida hazil qilish. YANGI ASR KO'NIKMASI Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uni amaliyotga tadbiq etilishining natijasi ham bu-bilimli, ishlab chiqarish malakasiga ega bo'lgan, erkin fikrli, ijodkor tafakkur sohibini yetishtirishdan iboratdir . Yuqori harorat - moddalar xossalarining sifat o'zgarishlari sodir bo'ladigan xarakteristik haroratdan yuqori bo'lgan haroratlar hisoblanadi. Xarakteristik haroratga molekulalar dissotsiatsiyasi (103 K), atomlar ionizatsiyasi (104 K), termoyadro reaksiyasi (107 K) va boshqa parchalanish boshlanadigan haroratlar kiradi. Ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida (ayniqsa, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, bosim ostida ishlash, payvandlash va qurilish materiallari ishlab chiqarishda) yuqori haroratdan muhim texnologik jarayonlarni samarali o'tkazishda keng foydalaniladi, chunki jarayonlarning harorat rejimlarini boshqarish jarayon tezligini oshirishdagi (ba'zan jarayonning sodir bo'lishi uchun zaruriy shart) universal vositadir. Harorat ortishi bilan odatda, jarayonlar tezligi ortadi. Buni kimyoviy jarayonlarda yaqqol ko'rish mumkin. Masalan, NO ni havodan sintez qilishda sistemaning muvozanatga kelishi uchun zarur bo'lgan vaqt: 1230ºC haroratda 30 soat, 1630ºC haroratda 124 soat, 2030ºC haroratda 0,22 soat, 2630ºC haroratda 3,4x10-5 soat. Yoki neft mahsulotlarini krekinglab bensin olishda, benzin chiqishini (hosil bo'lish miqdorini) 30% ga yetkazish uchun zarur bo'lgan vaqt quyidagiga teng: tºC 400 425 450 475 500 min 720 120 20 3 0,5 Misollardan ko'rinib turibdiki, haroratni 100ºC ga oshirish bilan jarayon 1440 marta tezlashadi. Sanoatda yuqori haroratda juda ko'p endodermik jarayonlarning termik dissotsiatsiyasi va molekulalarning parchalanishi, metal oksidlar va boshqa birikmalardan metallarni qaytarish, sun'iy materiallar sintezi o'tkaziladi, karbid, shisha va shu kabilar olinadi. Molekulalarning parchalanishi va dissotsialanish reaksiyalari ko'pchilik ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bularga, masalan, soda, giltuproq, sement va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish kalsiy karbonatning dissotsialanishi (200ºC gacha) kiradi. Qurilish materiallari giltuproq, gips va alyumosilikatlar ishlab chiqarishda degidratatsiya jarayoni (ko'mirni kokslash, gaz va suyuq neft mahsulotlarini krekinglash, organic birikmalarni degidratatsiyalash jarayonlarida) uglevodorod molekulalarining parchalanishi (1100ºC gacha) kiradi. Xuddi shuningdek, metal oksidlarni qaytarib metal olishda, xususan, cho'yan (1800ºC gacha), po'lat, ko'pgina rangli metallar va kalsiy karbid (200ºC gacha) ishlab chiqarishda yuqori haroratdan foydalaniladi. Ko'pincha jarayon xarakteri, ishlov berilayotgan materiallarning tabiati, qo'llanilayotgan jihozlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 96.76 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 96.76 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga