Оksidlаnish-qаytаrilish rеаksiyalаrigа аsоslаngаn titrlаsh mohiyati va mеtоdlаri

Оksidlаnish-qаytаrilish rеаksiyalаrigа аsоslаngаn titrlаsh mohiyati va mеtоdlаri

O'quvchilarga / Kimyo
Оksidlаnish-qаytаrilish rеаksiyalаrigа аsоslаngаn titrlаsh mohiyati va mеtоdlаri - rasmi

Material tavsifi

Redoksimetriya usullarining mohiyati, ularning sinflanishi. Redoks-potensiallar, ularni red.oks-shakllarining konsentrasiyasi va eritmalar pH qiymatiga bog'liqligi. Redoks reaksiyalarining yo'nalishini aniqlash Redoksimetriya usullarining indikatorlari. Oksidlanish-qaytarilish (redoksimetrik) metodi aniqlanuvchi modda eritmasi bilan ishchi titrlangan eritma orasida boradigan oksidlanish - qaytarilash reaksiyalariga asoslangan. Bu metoddan eritmalardagi turli qaytaruvchilar (Fe2+, C2O42-, NO2- kabilar) yoki oksidlovchilar (Cr2072-, MnO42-, ClO3-, Fe3+ kabilar) ni miqdoran aniqlashda foydalaniladi. Redoksimetriyaning ayrim metodlarining nomi aniqlashda qo'llaniladigan ishchi titrlangan eritmalar nomlanishidan kelib chiqadi. Bu metodlardan keng qo'llaniladiganlari quyidagilardir: Permanganatometriyada oksidlovchi sifatida kaliy permanganat KMnO4 ning ichi titrlangan eritmasi ishlatiladi. Yodometriya erkin yod J2 ning reaksiyalarda oksidlovchi, J- ionining esa qaytaruvchi sifatida ishtirok etishiga asoslangan. Indikator vazifasini kraxmal bajaradi. Xromatometiyada moddalar kaliy dixromat K2Cr2O7 ning titrlangan ishchi eritmalari ta'sirida titrlanadi. Shuningdek, bromatometriya - oksidlovchi kaliy bromat КВO3, vanadatometriya - oksidlovchi ammoniy vanadat NH4V03, serimetriya - oksidlovchi seriy (IV) birikmalari va boshqalar. Redoksimetriyada reaksiyada ishtirok etadigan oksidlovchi va qaytaruvchilarni ekvivalent massalari hisobga olinib eritmalar tayyorlanadi. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni ekvivalent massalari qiymati ayni reaksiyada ishtiroik etayotgan elektronlar soniga bog'liq. Bu elektronlar sonini aniqlash uchun oksidlovchi va qaytaruvchining boshlang'ich hamda oxirgi oksidlanish darajalarini bilish kerak. Oksidlovchi va qaytaruvchi moddalarni ekvivalent massalarini (E) topishda, shu moddalarning molekulyar massalarini (M) ayni modda (molekulasi, atomi yoki ioni) tomonidan kimyoviy reaksiyada yo'qotgan yoki qabul qilgan elektronlar soni (n) ga nisbati hisoblanadi. E (modda)= Mn Masalan, kislotali muhitda MnO42- ioni Mn2+ ionigacha qaytariladi. MnO-4+8H++5℮ =Mn2+ +4H2O Shu sababli, ayni reaksiyada KMnO4 ning ekvivalent massasi E(KMnO4 )= Mn= 158,035= 31,61 g Neytral va ishqoriy muhitda MnO42- ioni MnO2 gacha qaytariladi. MnO4-+ 4 H++ 3e = MnO2+ 2H2O Bu holda KMnO4 ning ekvivalent massasi E(KMnO4 )= Mn= 158,033= 52,68 g Redoksimetriya metodlarida ishlatiladigan moddalarning ekvivalent massalari ham yuqoridagi tartibda aniq boradigan kimyoviy reaksiyalarni hisobga olgan holda topiladi. Oksidlanish- qaytarilish potensiallari Oksidlovchi va qaytaruvchilar bir- biridan kimyoviy faolligi bilan farq qiladi. Kimyoviy faollik miqdoriy tomonidan redoks potensialning qiymati bilan ifodalanadi. Elektrod potensiallari standart vodorod elektrodga nisbatan o'lchanadi. Standart vodorod elektrodning potensiali shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan. Har bir galvanik element ikkita yarim elementdan tashkil topadi. Masalan, bu yarim elementlarning biri Fe3+Fe2+ juftidan, ikkinchisi 2H+H2 juftidan iborat, binobarin, galvanik elementning E.Yu.K. ni aniqlash mumkin, bu har xil oksidlovchi va qaytaruvchilarning faolligi to'g'risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Ma'lumki, E0(Fe3+Fe2+ )- E0(2H+H2)= 0,77 B, bu yerda, E0(2H+H2)=0 bo'lganligi uchun E0(Fe3+Fe2+ )= 0,77 B. Oxirgi qiymatning musbatligi Fe3+Fe2+jufti gal'vanik elementning musbat qutbi vazifasini bajaradi. Agar (Cl22Cl-) juftini 2H+H2 jufti bilan birlashtirilsa, galvanik elementning E.Yu.K.=E0 (Cl22Cl-) -E0(2H+H2)= +1,36 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.04 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.04 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga