Biologik eritmalar haqida tushuncha. Eruvchanlik. Bufer sistemalar

Biologik eritmalar haqida tushuncha. Eruvchanlik. Bufer sistemalar

O'quvchilarga / Kimyo
Biologik eritmalar haqida tushuncha. Eruvchanlik. Bufer sistemalar - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY VA BIOLOGIK KIMYO KAFEDRASI Fan: Kimyo, biologik kimyo va molekulyar biologiya «Umumiy kimyoga kirish. Kimyo bizning hayotimizda. Biologik eritmalar haqida tushuncha. Eruvchanlik. Bufer sistemalar» 1 - Ma'ruza Тoshkent 2016 Ma'ruzani o'qitish texnologiyasi. Ma'ruza mashg'ulotining xronologik haritasi 3. Ma'ruzaning rejasi: 3.1. Umumiy kimyoga kirish. Kimyo bizning hayotimizda. 3.2.Eritmalar va ularning turlari 3.3.Suyukliklardagi gazlarning eruvchanligi va eruvchanlikga ta'sir etuvchi omillar 3.4.Eritmalarning konsentratsiyalari 3.5.Genri qonuni. Gazlarning qondagi eruvchanligi. Kesson kasalligi. 3.6.Sechenov qonuni. Gazlarni elektrolit eritmalarida eruvchanligi 37. Osmos va osmotik bosim 3.8. Eritmaning bug bosimini kamayishi. Raul qonunlari 3.9. Bufer sistemalar 3.10. Bufer sistemalarning ta'sir etish mexanizmi 3.11. Bufer sig'imi 3.12. Bufer sistemalarning organizm faoliyatidagi ahamiyati 4. MA'RUZANING MAZMUNI Tanamiz kimyosini o'rganib bo'lmasdan turib kasallik va o'lim ustidan g'alaba qozona olmaymiz Teodor SVEDBERG Kirish Ko'p asrlar davomida tabbiy fanlar rivojlanishi natijasida tibbiyot va kimyo o'rtasida juda chuqur bog'liqliklar vujudga kelgan. Bu fanlarni bir biriga singib ketishidan yangi ilmiy yo'nalishlar fanlar orasida o'z o'rnini topib kelmoqda. Ular fiziologik jarayonlarni, kasalliklar kelib chiqishi sabablarini, farmakologiya asoslarini molekulyar darajada o'rganishga qaratilgan. Xayot jarayonini molekulyar darajada o'rganilishi kerakligining sababini tushintirish oson, chunki tirik xujayra - bu katta va kichik bir biri bilan tinimsiz ta'sirlashayotgan molekulalardir. Umumiy kimyo shu molekulalarni atom-molekulyar ta'limot nuqtai nazaridan, o'zida shu moddalarni saqlagan eritmalarning tarkibi, xossalarini o'rgansa, analitik kimyo elementlar va ularning birikmalarini xossalarini o'rganadi. Odam organizmining biologik suyuqliklarini eritma, bufer eritma, kolloid eritma sifatida ko'rganimiz uchun, eritmalar kimyosini o'rganishsiz organizmning tarkibini o'rganish to'liq bo'lmas edi. Biologik suyuqliklar o'z tarkibida anorganik moddalarni ionlar holatida ham tutadi. Shundan kelib chiqqan holda elektroliz jarayoni, elektrolitlar kimyosi, elektrod va oksidlanish-qaytarilish potensiallarini o'rganish tibbiyot oliy o'quv yurtlarida o'qish uchun zarur sohalardan bo'lib kelgan. Sirt hodisalari, kolloid sistemalarning fizikasi va kimyosi asoslarini bilish, organizmda kechadigan sorbsiya, desorbsiya, elektrkinetik xodisalar mohiyatini tushinib yetishga asos bo'ladi. Bioorganik kimyo xujayra va to'qimalar tarkibini tashkil qiluvchi biologik faol moddalar va organizmni sog'lomligini ta'minlovchi dorivor moddalarning tuzilishi va xosslarini o'rganadi. Kimyo fani xozirgi zamon tibbiyotini rivojlanishida muhim o'rinni egallab, vrach ma'lumotining ajratib bo'lmaydigan bir qismidir. Tibbiyot fanining va sog'liqni saqlash ishlarining rivoji mutaxassislarni fundamental fanlardagi bilimlarini kerakli darajada chuqur o'rganilishi kerakligini talab qiladi. Buning ustiga tibbiyot nafaqat kasalliklarni davolash bilangina chegaralanib qolmay, ekologiya, toksikologiya, biotexnologiyalar va b. bilan ham shug'ullanib, ijtimoiy ta'minot sohasining katta bir qismiga aylanib bormoqda. Kimyoning umumiy, analitik, fizik va kolloid, organik kimyo bo'limlari tibbiyot oliy o'quv yurtlarining o'quv rejalarida alohida ko'rilmaganligi sababli bu bo'limlar Kimyo, organik kimyo va molekulyar biologiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga