Eritmalar. Kislota-asosli muvozanat. Bufer eritmalar

Eritmalar. Kislota-asosli muvozanat. Bufer eritmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Eritmalar. Kislota-asosli muvozanat. Bufer eritmalar - rasmi

Material tavsifi

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY VA BIOLOGIK KIMYO KAFEDRASI I KURS TIBBIY KIMYO Eritmalar. Kislota-asosli muvozanat. Bufer eritmalar Ma'ruzachi: dotsent Tadjiyeva Х.S. Ma'ruzaning maqsadlari Eritmalar nazariyasi, eruvchanlik, uni turli omillarga bog'liqligi bilan, tanishtirish, eritmalartayyorlashni o'rgatish, bufer eritmalar, ularning tuzilishi, klassifikatsiyasi, xossalari va organizm faoliyatidagi ahamiyati bilan tanishtirish. Ko'riladigan masalalar Eritmalar. Eruvchanlikni turli omillarga bog'liqligi Kislota-asosli muvozanat. Bufer eritmalar Eritmalar nazariyasi. Biologik eritmalar Organizmda modda almashinuvini o'rganish eritmalar tayyorlashni va ularning xossalarini bilishni talab etadi. Biologik suyuqliklar organik va anorganik moddalarning suvdagi eritmasidir. Shuning uchun, eritmalar nazariyasini, erish jarayoni va uni turli xil omillarga bog'liqligini bilish modda almashinuvini chuqurroq tushinish va o'rganish imkoniyatini beradi. Eritmalar nazariyasi. Eritmalar tarkibi. Eritma turlari. Biologik suyuqliklar eritmalar sifatida Eritmalar - bu ikki va undan ko'p tarkibiy qismlardan iborat, tarkibiy qismlarining o'zaro ta'sirlashishi natijasida hosil bo'lgan termodinamik barqaror gomogen sistemalar. Eritmalar erigan modda va erituvchidan tarkib topadi. Barcha biologik eritmalar eritma sifatida ko'rilishi mumkin: qon, qon plazmasi, siydik, limfa, oshqozon shirasi va b. Eritmalar va eruvchanlikni ta'riflovchi qonunlar biologik suyuqliklar uchun ham qo'llanishi mumkin. Eruvchanlik Eruvchanlik - bu moddalarning turli erituvchilarda erish qobiliyatidir. Eruvchanlik erigan moddaning berilgan sharoitda to'yingan eritma hosil bo'lishi uchun sarflangan erigan moddaning miqdori bilan baholanadi. Eruvchanlik quyidagi omillarga bog'liq: Modda tabiati; Harorat; Bosim Begona moddalar mavjudligi Modda tabiatining ta'siri Qutibli moddalar bir-birida istagan miqdorda aralashadilar va qutibli xossaga ega bo'lgan boshqa moddalar (qattiq va gazlar) uchun yaxshi erituvchi xisoblanadilar, masalan elektrolitlar - tuzlar, kislotalar, ishqorlar suvda yahshi eriydi, organik moddalar va gazlarning qutbsiz molekulalari esa suvda kam eriydi. Xuddi shunday xolat qutubsiz moddalarda ham kuzatiladi va qutubsiz yoki kam qutubli boshqa moddalar (yog', lak, turli bo'yoq moddalar) uchun yaxshi erituvch xisoblanadilar. Haroratning ta'siri Elektrolit moddalarning suyuqlikdagi eruvchanligi harorat ortishi bilan ortib boradi. Gazlarning eruvchanligi ekzotermik (НО) jarayon bo'lganligi sababli, haroratni ko'tarilishi bilan gazlarning suyuqliklarda erishi kamayib, aksincha haroratni pasaytirish bilan ularning eruvchanligi ortib boradi. Masalan, tana harorati ortishi bilan odam nafas olishi qiyinlashadi va u o'zini kasal his qiladi. Gazlarning suvda eruvchanligini ta'riflovchi qonunlar Parsial bosim (Dalton qonuni) Gazlar aralashmasining umumiy bosimi, qaysi gaz ekanligidan qat'iy nazar gaz zarrachalarining bir biri bilan ta'sirlashishining natijasidir. Gazlar aralashmasida har bir gaz o'zining parsial bosimini namoyon qiladi. Dalton qonuniga binoan aralashmadagi gazlar parsial bosimlarining yig'indisi aralashmaning umumiy bosimiga teng. Pum. = P1 + P2 + P3 …. - Dalton qonuni Genri qonuni, bosimni keskin kamayishi bilan bog'liq bo'lgan (Kesson) kasalligini paydo bo'lish sabablarini o'rganish imkonini beradi. Bu kasallik bilan ish faoliyatida yuqori atmosfera bosimdan normal bosimga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.29 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.29 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga