Mavzu: 3-d metall atsetatlarining kompleks birikmalari KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ma'lumki, 3 d-metallarining amidli, nikotinamidli va tioamidli kompleks birikmalari nanoo'chamli metall zarralarini, ularning oksidlari va sulfatlarini olishda asosiy vosita hisoblanadi. Masalan ruhning formamidli kompleksi ruhning nanoo'lchamli birikmalarini o'stirishda va ruhning dentridli plyonkasi olishda, kadmiyning kompleksi esa kadmiy sulfidi olishda perikursor vazifasini o'taydi. Ana shunday tipli ko'plab assortimentli birikmalar yaratish bugungi kunda kompleksi birikmalar sohasini rivojlantirishning yangi bir yo'nalishi hisoblanadi. Ruh va kadmiy yodidining amidlar va tioamidlar bilan hosil qiladigan kompleksi birikmalari poliyodidlar olishda dastlabki mahsulot hisoblanib, poliyodidlardan tok manbalari ishlab chiqarishda katod materiallari tayyorlashda yoki boshqa maqsadda ishlatiladigan elektr otkazuvchi materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Amidli va tioamid ligandli komplekslarda ko'plab vodorod bog'lar mavjudligi ulardan katta hajimdagi supromolekulyar birikmalar hosil qilish imkonini yaratadi. Zamonaviy koordinatsion birikmalar kimyosining, ligand sifatida azot va kislorod tutuvchi qattiq fazali metallokomplekslar bo'limi alohida o'rin tutadi. Ularga nisbatan qiziqishning ortish har xil ligandli bunday kompleks birikmalarni molekulyar magnetiklar, katalitik sistemalarda va boshqa sohalarda ishlatilishidir. Ular kompleks birikmalarda kelishilgan koordinatsiyalanisni o'rganishda, poliedr birikmalar sterokimyosini o'rganishda yaxshi model hisoblanadi. Adabiyotlarda bunday turdagi kompleks birikmalardan kataliztorlar, foto va termoxrom materiallar, Ik svetofiltrlar, biologik aktiv moddalar tayyorlashda ishlatilganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjudligi aniqlandi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: ayrim 3 d-metallasetatlarining atsetamid, karbamid, nitrokarbamid, tiokarbamid, nikatinamid, benzamid va salitsilamidli polidentant ligandli ya'ni yo'naltirilgan ma'lum tarkibli metallokomplekslarini sintez qilish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun oldimizga quyidagi vazifalarni qo'ydik: -Adabiyotlardagi ma'lumotlar asosida 3d metall nikotinatlarning aralash ligandli komplekslari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va muhokama qilish, - Co (II) , Ni (II), Cu (II) va Zn nikotinatlarining atsetamid, karbamid, tiokarbamid, nikotinamidli aralash ligandli kompleks birikmalar sintez qilish. - Sintez qilingan kompleks birikmalar tarkibini aniqlash. Himoyaga quyidagi holatlar chiqariladi: - Kobalt (II) ning aralash amido atsetatli koordinatsion birikmalari sintezi; - Nikel (II) ning har xil amido atsetatli koordinatsion birikmalar sintezi; - Mis (II) atsetatining aralash amidli koordinatsion birikmalar sintezi; - Rux (II) atsetatining aralash amidli koordinatsion birikmalar sintezi; - Sintez qilingan kompleks birikmalar tarkibini aniqlash natijalari. Ishning ilmiy yangiligi: Kobalt, nikel, mis va rux (II) metall asetatlari asosida polidentant ligandli yangi metallokomplekslari mexanokimyoviy usulda sintez qilingan, ularning tuzilishi va xossalari o'rganilgan. Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati: Birinchi marta yangi Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn nikotinatlarining atsetamit, karbamid, tiokarbamid aralash ligandli koordinatsion birikmalar sintez qilindi. Yangi sintez qilingan aralash ligandli kompleks birikmalarni tarkibi eksperimental va kvant kimyoviy metodlar yordamida o'rganildi. Ilmiy izlanish asosida olingan natijalar ushbu sinfga kiruvchi koordinatsion birikmalarni o'rganishda ilmiy asoslangan ma'lumotlar sifatida qo'llanilishi mumkin. I BOB ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:19 ]
Arxiv ichida: doc