3-guruh elementlariga umumiy xarakteristika

3-guruh elementlariga umumiy xarakteristika

O'quvchilarga / Kimyo
3-guruh elementlariga umumiy xarakteristika - rasmi

Material tavsifi

3-Gruppa elementlariga umumiy xarakteristika Mundarija Kirish Asosiy qism Gruppa elementlariga umumiy xarakteristika Asosiy guruppa elementlari Qo'shimcha guruppa elementlari Alyuminiyga xarakteristika Alyuminiyning olinishi. Alyuminiyning xossalari. Alyuminiy birikmalari. Alyuminiy birikmalarini hosil qilinishi. Al(OH)3 ning olinishi va xossalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Umumiy xarakteristika. Davriy sistemaning uchinchi gruppasi asosiy va ishshimcha gruppachalardan iborat. Asosiy gruppachaga tipik elementlar (bor. B, alyuminiy Al, galliy gruppachasi) galliy Ga, indiy Intalliy Tl, qo'shimcha gruppachaga - skandiy gruppachasi skandiy Sc, ittriy Yt, lantan Lav a aktiniy kiradi. Lantanoid (seriy gruppachasi) va aktionlar (toriy gruppachasi) ham uchunchi gruppaga joylashgan. hammasi bshlib, bu gruppada 37 ta element bor. Ularning 36 tasi metall va faqat bittasi bor- metallmas. U yarim o'tkazgichlar qatoriga kiradi. II gruppadagi asosiy gruppacha elementlarning oksidlanish darajasi asosan +3 ga teng. Faqat talliyning oksidlanish darajasi +1 va +3 bo'la oladi. Davriy sistemaning birinchi gruppadan uchinchi gruppasiga o'tgan sari gidroksidlarning asosli xossalari susayib boradi. LiOH - kuchli asos, Be (OH)2 - amfoter birikma, B (OH)3 esa kislotali xossalar namoyon qiladi. Al3 + dan Tl3 + ga o'tgan sayin ion radiuslar kattalashadi$ shu sababli Al (OH)3 - Ga (OH)3 - In(OH)3 - Tl (OH)3 qatorida chapdan o'ngga o'tgan sayin gidroksidlarning asosli xossalari kuchayib boradi. Lekin bu xossaning kuchayishi nihoyatda sustlik bilan sodir bo'ladi$ chunonchi; Al(OH)3 - amfoter modda, Ga(OH)3 ham amfoter, In (OH)3 da ozgina asosli xossa namoyon bo'ladi, lekin baribir u ham amfoter modda$ Tl(OH)3 da amfoterlik xossa nihoyatda kuchsiz ifodalangan. II gruppadagi asosiy gruppacha elementlarning bunday xossalarga ega bo'lishi ularning atom va ionlari tuzilishiga bog'liq, B, Al, Ga, In, Tl atomlarining sirtqi qavat tuzilishi bir- birinikiga o'xshaydi; hammasida ham s2p -elektronlar bor. B3+, Al3 + ionlarining tuzilishi inert gaz atomlariga o'xshaydi. Bu ikkala ionning sirtqi qavatida sakkiztadan elektron bor; lekin Ga3+, In3 + va Tl3 + ionlarining sirtqi qavatida 18 tadan elektron bor; bu 18 elektronning 10 tasi d- elektron, 6 tasi p-elektron va ikkitasi s- elektronlardir. Shuning uchun ion radiuslarning kattalashuvi Al3 + dan keyin juda ham sustlashadi; Э (OH)3 larda asosli xossalarningsust o'sib borishiga sabab ham ana shunda. Davriy sestemaning uchinchi asosiy gruppachasiga keng tarqalgan bor B, alyuminiy Al, birmuncha kam tarqalgan galliy Ga, indiy Jn, va talliy Tl elementlar kiradi. Bu elementlarning tashqi elektron qavatlarida s2 · p1 elektronlari mavjud. Shuning uchun bu elementlar o'zlarining tashqi elektron qavatlaridagi uchta elektronni yo'qotib, +3 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Faqat talliy +3, +1 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Buning sababi elementlarning anom radiuslari B-Al-Ga-Jn-Ta- qatori bo'ylab ortib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.17 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.17 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga