Mavzu Mavzu: 3-propil-5-amino-1,2,4-tiadiazolni qahrabo angidridi bilan reaksiyasi Mundarija KIRISH-- 3 I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI-- 5 1.1. 5-Amino-1,2,4-tiadiazollar sintezi-- 5 1.2. Atsillash reaktsiyalari-- 13 1.3. 5-Amino-1,2,4-tiadiazollarni alkillash reaktsiyalari va ularning tuli kimyoviy o'zgarishlari-- 20 II BOB. OLINGAN NATIJALARNING MUXOKAMASI 2.1. 3-Propiltio -5-amino-1,2,4 tiadiazolni qahrabo kislota angidridi bilan reaktsiyasi-- 28 II-BOB. TAJRIBALAR BO'LIMI 3.1. 3-propiltio-5-amino-1,2,4-tiodiazolni malein kislota angidridi bilan reaktsiyasi-- 31 3.2. 3-propilizotiomochevinaning gidrogalogenidlarini sintezi-- 32 3.3. 3-propiltio-5-amino-1,2,4-tiodiazolning qahrabo kislotasi angidridi bilan reaktsiyasi-- 33 3.4. 3-propiltio-5-amino-1,2,4-tiodiazolni malein angidridi bilan reaktsiyasi-- 33 HULOSA-- 34 ADABIYOTLAR RO'YHATI-- 35 KIRISH Muammoning dolzarbligi. 5-Amino-1,2,4-tiadiazollar turli hil biologik faolliklarni namoyon qiladi. Ular orasidan gerbitsid, fungitsid, insektitsid va farmakologik (antiaritmik, rakka qarshi va boshqa.) hususiyatga ega preparatlar topilgan. Bundan tashqari ularni sanoatning turli tarmoqlari uchun qimmatbaho homashyolar sifatida ishlatilish mumkin. Jumladan, ular bo'yoqlar uchun yarim mahsulotlar, radioprotektorlar va boshqa ko'plab preparatlar olishda qo'llanilishi mumkin. 5-Amino-1,2,4-tiadiazollar o'zida bir necha hil funktsional guruhlar saqlaydi. Ularning reaktsion hususiyatini o'rganish nazariy jihatdan qiziqarlidir. Ya'ni, ta'sir qiluvchi agentlarning tabiatiga va reaksiya sharoitiga qarab, reagentlar endotsiklik yoki ekzorsiklik azot atomi bilan tasirlashishi mumkin. Yuqoridagilarni hisobga olib ularning ko'plab yangi vakillarini sintez qilish mumkin. Bu birikmalar orasidan qishloq ho'jaligi va meditsina uchun yuqori samarali preparatlar, halq ho'jaligida ishlatiladigan mahsulotlar uchun homashyolar qidirib topish mumkin. Ikkinchi tarafdan 5-amino-1,2,4-tiadiazollar ularning elektrofil reagentlar bilan tasirlashishi u yoki bu (ba'zan barobariga) markazga ketishi mumkin. Bu reaksiyaning yo'nalishini aniqlash, unga ta'sir etuvchi omillarni va uning qonuniyatlarini topish katta nazariy ahamiyatga ega. Ishning maqsadi 3-propiltio-5-amino-1,2,4-tiadiazolni sintez qilish va yantar (qahrabo) kislota angidridi bilan atsilash reaktsiyasini o'rganish; -olingan moddalarning fizik-kimyoviy hususiyatlarini aniqlash; - sintez qilingan moddalar orasidan biologik faol moddalar izlash. Ishning ilmiy yangiligi Ilk marotaba 3-propiltio-5-amino-1,2,4-tiadiazolning yantar (qahrabo) kislota angidridi bilan reaktsiyasi o'rganilib, yangi tiadiazol hosilasi sintez qilindi va uning sintezini muqobil sharoiti topildi. Birinchi marta 3-propiltio-5-amino-1,2,4-tiadiazolning qahrabo angidridi bilan o'zaro ta'siri natijasida tegishli tiadiazol hosilasi bilan bir qatorda uni halqalanish reaktsiyasi ketishi aniqlandi. Olingan birikmalarning fizik-kimyoviy hususiyatlari o'rganildi va spektral harakteristikalari tahlil qilindi. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ish 39 matn betida bayon qilingan. Kirish, adabiyotlar sharhi, оlingan natijalar muhоkamasi, tajribalar qismi, хulоsalardan ibоrat bo'lib, 1 ta jadval va 54 ta nоmdagi fоydalanilgan adabiyotlar ro'yхatini o'z ichiga оladi. I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 5-Amino-1,2,4-tiadiazollar sintezi va ularning kimyoviy o'zgarishlari 1,2,4-tiadiazollar qatorida ko'plab dorivor preparatlar [1-5], pestitsidlar [6-12], bo'yoqlar uchun hom ashyolar [13-16] va undan tashqari boshqa sohalarga kerakli qimmatbaho mahsulotlar topilgan. Mazkur ish 3-propiltio-5-amino-1,2,4-tiadiazolning atsillash reaktsiyalariga bag'ishlangani tufayli biz ushbu adabiyot sharhini 5-amino-1,2,4tiadiazollarning sintezi va atsillash reaktsiyalariga ko'proq ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
626.21 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
626.21 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:19 ]
Arxiv ichida: doc