5-guruh P oila elementlari

5-guruh P oila elementlari

O'quvchilarga / Kimyo
5-guruh P oila elementlari - rasmi

Material tavsifi

5-guruh P oila elementlari REJA: I.kirish. II.asosiy qism. 1.V A guruh elementlari haqida umumiy tafsif. 2.Azot. 3.Azotning vodorodli birikmalari. 4.Azotning kislorodli birikmalari. 5.Nitrat kislota va uning tuzlari. 6.Fosfor. 7.Fosforning oksidlari va kislotalari. 8.Mishyak, surma va vismut. 9.Surma. 10.Vismut. II.xulosa. I.kirish. V A guruh elementlari qatoriga azot, fosfor, mishyak, surma va vismut kiradi. Bu guruh elementlari atomining tashqi qavatida 5 tadan elektron bor. Ular 3 ta elektron biriktirishi va 5 ta elektron yo'qotishi mumkin. Shuning uchun bu elementlar +5,+3 va -3 oksidlanish darajasini namoyon etadi. Bu guruh elementlari metallmaslardir. Metallmaslik xossasi azot va fosforga xos. As, Sb va Bi metallmaslik xossalari bilan birgalikda metall xossalarini ham namoyon etib, metall xossa vismutga qarab kuchayadi.V A guruh elementlarining eng asosiy kattaliklari quyidagi 45-jadvalda keltirilgan. V A guruh elementlari * oq fosfor; **615 oS sublimasiyalanadi; ** suyuq azotga tegishli; ** kul rang mishyak uchun. Bu guruh elementlarining atom radiusi vismutga qarab ortadi, ionlanish energiyasi kamayadi. Azot Azot(Nitgenium). 1772 yil Rezerford tomonidan ochilgan, uni 1774 yil A. Lavuaze Azot deb atagan. Ko'p tarqalgan kimyoviy element. Azot yer shari atmosferasining asosiy qismini tashkil qiladi. U havoda hajm jihatdan 75,6 % dan 78,2 % gacha boradi. Havodagi azotning hissasi 75,53 % ni tashkil etsa, yer po'stlog'idagi miqdori (gidrosfera va atmosferani ham qo'shilganda) 0,04 % gacha boradi. Azotning vodorodli birikmalari. Azotning vodorod bilan to'rtta asosiy birikmasi bor: NH3 - ammiak, H2N-NH2 - gidrazin, NH2OH-gidroqsilamin, H[N3] - azotovodorod kislotasi (triazid). Ammiak. NH3 - tabiatda ko'p miqdorda oqsil moddalar tarkibida, ammoniy tuzlari holida uchraydi. NH3- rangsiz gaz, o'siga xos hidi bor. Qaynash harorati -33,40S, d=0,77 gl. 1 litr ammiak= 0.7709 gr. Ammiakning olinishi Labaratoriyada ammoniyli tuzlarga ohak ta'si ettiriladi: (NH4)2SO4 + Ca(OH)2 = 2H2O + 2NH3+ CaSO4 2NH4Cl + CaO = 2NH3 + CaCl2 + H2O Nitridlar gidrolizida ham ammiak hosil bo'ladi: Mg3N2 + 6H2O = 3Mg(OH)2 + 2NH3  Sanoatda ammiak toshko'mirni koksga aylantirganda hosil bo'ladi. Azot va vodoroddan ammiak sintez qilish Taber usuli ham deyiladi: 3H2 + N2  2NH3 + 46.19 kJ.mol Ishlatilishi: Natriy amid - NaNH2, rangsiz kristall. Suyuqlanish harorati 210ºS. Natriyning suyuq ammiak bilan ta'siri orqali olinadi: 2Na + 2NH3=2NaNH2 + H2 2NaNH2 + 2Na = 2Na2HN + H2 2Na2NH +2Na= 2Na3N + H2 Ammoniy ioniga sifat reaksiya: Ammoniy tuzlarining ishqorlar ta'siridan parchalanishi va NH3 ajralishi ammiak aniqlashdagi sifat reaksiyalardan biri hisoblanadi: NH4Cl+NaOH=NH3 +NaCl+H2O Gidrazin. H2N-NH2- rangsiz, havoda tutaydigan suyuqlik (suyuql. harorati -52oS, qaynash harorati 119oS). Azotning oksidlanish darajasi -2, valentligi 3. Gidroqsilamin. 33,1 oS ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 84.19 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 84.19 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga