A.A. Balandinning multiplet nazariyasi

A.A. Balandinning multiplet nazariyasi

O'quvchilarga / Kimyo
A.A. Balandinning multiplet nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

A.A. Balandinning multiplet nazariyasi Reja: 1. Katalizda faol markaz tushunchasi. 2. Kataliz multiplet nazariyasini asosiy qoidalari. 3. Geometrik muvofiqlik prinsipi. 4. Energiyaviy muvofiqlik (mos kelish). Aktiv markazlarni tabiatini o'rganish, o'tar holat nazariyasini katalizga tadbiq etish, yuzada hosil bo'lgan organik birikmalarning tabiatini va ularning hosil bo'lish mexanizmini o'rganish, katalizning ko'pgina hodisalarini tushunishga yordam beradi. Yuzada ikki o'lchamda boradigan reaksiyalarning yo'nalishiga, saylash xususiyatiga va boshqa faktorlarga aktiv markazlarning tabiati, soni va aktivligidan tashqari, bir-biriga nisbatan qanday joylashganligi ham ta'sir qilsa kerak. Bu mulohazalarning dastlab A.A. Balandin etiborga olib, o'zining multiplet nazariyasida bu masalani yoritdi. Multiplet nazariyasiga ko'ra adsorbtsion aktiv markaz bilan katalitik aktiv markaz bir xil emas. Adsorbtsion aktiv markazlarni malum sondagi guruhi katalitik markazlarni hosil qiladi. Aktiv markazlar yuzada tartibsiz emas, balki geometrik jihatdan malum tartibda joylashgan bo'ladi. Tartibli bunday joylashish kristall panjarada aks etadi. Katalizator yuzasida reaksiyaga kirishuvchi moddaning molekulasi birgina aktiv markaz bilan emas, balki, ikki (duplet), uch (triplet) va umuman bir qancha (multiplet) markazlar tomonidan tortilishi mumkin. Pt yoki Pd (ko'mir) yoki metilgeksan toluol Gidroindolning faqat olti halqali yadrosi degidrogenlanadi. Zelinskiy va Turova - Polyaklar ishida ham bularni, siklo-parafinlarni degidrogenlash quyidagicha ko'rsatilgan. siklogeptan Metilsiklogeksan Toluol Bu qonuniyat faqatgina uglerod atomi bor, halqali parafin birikmalargagina xosdir. Yurev va Zelinskiylar geterosikllarni degidrogenlash mumkinligini ko'rsatib o'tdilar. Masalan. Pirrolidin Pirrol Agar reaksiyaga kirishuvchi modda molekulasi birgina aktiv markazga tortilsa (bitta aktiv markaz ta'sirida bo'lsa), u juda kam deformatsiyalanishi va natijada reaksiyaga kirishmasligi ham mumkin, aksincha reaksiyaga kirishuvchi moddaning molekulasi bir vaqtni o'zida ikki yoki bir qancha aktiv markazlarning maydoni ta'sirida bo'lsa, adsorblangan molekula kuchli deformatsiyalanadi va molekulaning bu aktiv markazlariga tortilish kuchi undagi bog'lar kuchidan ortiq bo'lib, molekula adsorbtsiyalanadi. 10.1. Katalizni multiplet nazariyasining asosiy qoidalari Katalitik va adsorbtsion aktiv markazlarning tushunchalari bir xil yoki umumiy emas. Reagent molekulalari bir qancha adsorbtsion aktiv markazlarga, bir nechtasi bo'lak-bo'lak qismlarga bo'linib adsorbtsiyalanadi, buning natijasida bog'lar (molekuladagi) bo'shashib, ushbu oraliqda qayta taqsimlanadi (tartibli joylashishi). Reagent atomlari va katalizator molekulalari katalitik aktiv markazlar va adsorbtsion aktiv markazlarga geometrik joylanishi bilan bir to'plamga mos keladi. Shunday qilib, aktiv markazning geometrik tuzilishi reaksiyaga kirishayotgan molekulaga to'g'ridan-to'g'ri mos keladi, bu nazariyani geometrik o'xshashligi bilan xarakterlanadi (aktiv markaz va katalizator molekulasini). Turli reaksiyalarda adsorbtsiyalangan markazlar (molekulalar) soni aktiv katalizator markazlariga teng bo'lib, 2-duplet, 4 - kvadruplet, 6 - sekstet va umuman multiplet deb nomlanadi. 10.2. Geometrik muvofiqlik prinsipi Kataliz jarayoni sodir bo'lishi uchun reagentlar molekulasining tuzilishi bilan aktiv markazlarning tuzilishi orasida malum geometrik muvofiqlik (moslashuv) bo'lishi kerak. Masalan, N2 molekulasini deformatsiyalanishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.99 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.99 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga