Abduali G'anievich (1931 - 1999)

Abduali G'anievich (1931 - 1999)

O'quvchilarga / Kimyo
Abduali G'anievich (1931 - 1999) - rasmi

Material tavsifi

Abduali G'anievich Ganiev (1931-199) Abduali G'anievnch Ganiev 1931 yil 31 dekabrda Toshkent viloyati Qibray tumanining Yalangoch qishlog'ida ishchi oilasida tutilgan. U yoshlpgidan bilimga chanqoq, chalim olishga bo'lgan zxtiyojn va kizikishi bilan o'z tengkurlari orasida ajralib turar. bu xususiyatlar esa uni iyamning sirli va mashaqqatli cho'kqilarini egallaigga chorlar, tinimsiz izlanishga undar edi. 1948 yilda texpikumni alo baholarga tugatib, O'rta Osiyo universitetining kimyo fakultetiga o'qishga kiradi. Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgach, A.G'aniev 1953 yili Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteta aspiranturasiga o'qishga kiradi. U dunyoga mashxur kimyogar olim, akademik. 4 marta Davlat mukofoti laureata- I.I.Chernyaev rahbarligida ilmiy izlanishlar olib boradi. Malumki, I.I.Chernyaev mashxur rus kimyogari L.A.Chugaevning shogirdi bo'lib. koordinatsion birikmalar kimyosi A.Verner, L.A.Chugaev va I.I.Chernyaevlar nomi bilan bevosita bog'liq. 1926 yilda I.I.Chernyaev trans-ta'sir qonuniyatlarini yaratgan bo'lib, u nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shuningdek, I.I.Chernyaev 1938 yilda birinchi marta platina metalining sanoatdagi affinaj, 1941 yilda esa spektral metodi yordamida toza platina olish metodlarini yaratgan edi. 1957 yilda A.G'aniev Moskva Davlat universitetida kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qiladi. A.G'aniev 1953 yildan boshlab, O'z FA Yadro fizikasi institutida faoliyat ko'rsatib, nodir va noyob metallarning koordinatsion birikmalari kimyosi, analizi va texnologiyasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi va bevosita uning tashabbusi bilan 1953 yilda nodir va noyob metallar laboratoriyasi tashkil etiladi. U laboratoriyaga 1963 yildan to umrining oxirigacha rahbarlik qildi. A.G'aniev platinoidlar, oltin va kumush metallari kimyosi, analizi va texnologiyasi bo'yicha yirik ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qildi. Mazkur ilmiy yo'nalish nodir va noyob metallarni aniqlashning eng sezgir metodlarini yaratish, yangi koordinatsion birikmalarni sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o'rganish, juda kam miqdordagi nodir metallarni bir-biridan ajratishning zamonaviy metodlarini yaratishga bagishlangan edi. A.G'aniev 1974 yilda Toshkent Davlat. universitetining (hozirgi O'zMU) ixtisoslashgan kengashida doktorlik dissertatsiyasini yoklagan bo'lib, akgivatsion tahlil fani sohasidagi yirik olimlardan biri edi. U nodir metallar kimyosi, radiokimyosi, analitik kimyosi, ularning tabiatda tarqalish kopuniyatlarini va texnologik jarayondagi xususiyatlarini o'rganish masalalari ustida nazariy va amaliy ishlar olib bordi, natijada bir nechta muhim va fanda alohida o'rin oladigan nazariy mulohazalar, amaliy takliflar yaratilgan edi. A.G'aniev kashfiyotlarining ko'pchiligi nafaqat fanda, balki Respublikamiz xalq xo'jaligining muhim tarmoqlarida ham o'z o'rnini topgan. Yaratilgan metodlari Marjonbuloq oltinni boyitish kombinati, Olmaliq va Navoiy tog-metallurgiya kombinatlarida tadbiq etilib, birgina 1994 yilning o'zida tashlandik eritmalardan 10 kg oltin va 8 kg kumush olingan edi. Shuningdek, A.G'aniev ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida O'zbekiston o'tga chidamli metallar kombinatida tashlandik eritmalardan osmiyni ajratib olishda ham juda katta iqtisodiy natijalarga erishgan edi. Uning xizmatlari Respublikamiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.5 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.5 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga