Abdulaxat Turapovich Jalilov Abdulaxat Turapovich Jalilov 1942 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1965 yil D.I.Mendeleev nomidagi Moskva Kimyo-texnologiya institutining «Organik va elementoorganik yuqori molekulali birik-malar» kafedrasini imtiyozli diplom bilan tamomlagach, shu institutning aspiran-turasiga tavsiya qilindi va aspiranturani 1968 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakunladi. U 1968 yildan boshlab hozirgi davrga qadar Toshkent Kimyo-texnologiya institutida ishlaydi. 1975 yilda «Tarkibida aktiv funksional guruhlar bo'lgan karbozanjirli polimerlarning hosil bo'lishi qonuniyatlari va xossalarini o'rganish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yokladi. Professor A.Jalilov yuqori molekulali birikmalar va organik kimyo sohasida taniqli olim bo'lib, kimyoviy aktiv polimerlar nazariyasi va amaliyotiga katta hissa ko'shgan. U tarafidan reaksion aktiv oligomerlar va polimerlar olish uchun asos bo'lgan organik to'yinmagan birikmalarni sintez qilish sohasida muvaffaqiyatli ishlayotgan ilmiy maktab yaratildi. Monomerlar, qotirgichlar, barqarorizatorlar, korroziyaga qarshi ingibitorlar, antipirenlar olish va boshqa yuqori molekulali organik birikmalar sintez qilish bo'yicha qator uslubiyatlar ishlab chiqildi. Bir qator barqarorizatorlik xususiyatiga ega, tarkibida azot, fosfor va oltingugurt bo'lgan oligomerlar akril kislotasi hosilalari asosida olindi. A.Jalilovning ilmiy ishlari, ilmiy izlanishlarining fundamental yo'nalishlari ularning yuqori amaliy dolzarbligi bilan xarakterlidir. U ishlab chiqqan, o'z-o'zidan polimerlanishning avval malum bo'lmagan mexanizmi yangi yuqori samarali organik oligomerlar barqarorizatorlarining yarati-lishiga olib keldi vaular ishlab chiqarishda keng qo'llanilmoqda. A.Jalilov shogirdlari bilan birgalikda ayrim vinil monomerlarini to'rtlamchi ammoniy organik monomer tuzlari ishtirokida alternant sopolimerlanishini tadqiq qilishda prinsipial yangi natijalar oldi. Bu tadqikotlar natijasida tarkibida turli xil funksional guruhlari bo'lgan o'ta yuqori molekulali polimerlar va sopolimerlar olishga erishildi. A.Jalilov tarafidan olib borilgan izlanishlar orasida polimerlanish jarayonida samarli initsiatorlar sifatida ishlatiladigan, epoksid va furan smolasini qotiruvchi hamda polimer materiallar uchun barqarorizatorlar sifatida ishlatiladigan, tarkibida metall bo'lgan oligomer va polimerlarni o'rganish alohida o'rin tutadi. U yuqori kinetik va sorbtsion xossalari bilan ajralib turadigan ion almashuvchi materiallarni sintez qilish, ularning xossalarini yaxshilash va o'rganishga katta ahamiyat bergan. Ion almashuvchi smolalarni olishning bir qator uslublari, shu jumladan o'z-o'zidan polimerlanish uslubini taklif qilgan. A.Jalilov tomonidan o'z tadqiqotlarini amaliyotga qo'llash borasida ko'p ishlar qilindi. U plastifikatorlar, plenkalar, flokulyantlar va ingibitorlar olishning sanoat uchun foydali bo'lgan uslublarini taklif qildi hamda yog'-moy va kimyo sanoatining ikkilamchi chiqindilaridan poliolefinlarning barqarorizatorlari va korroziya ingibitorlarini sintez qilish yo'llarini o'rgandi. Professor A.Jalilovning ilmiy izlanishlari natijalari ko'p sonli ilmiy risolalarda bayon qilingan. U quyidagi monografiyalarning muallifidir: «Radikal polimerlanish jarayonini boshqarish», «Ionogen polimerlarni sintez qilish», «Polimer materiallarini olishda paxtani qayta ishlashdagi ikkilamchi mahsulotlarni kompleks tarzda ishlatish», «Furfuramid va uning hosilalarining kimyosi va texnologiyasi», «Kimyoviy aktiv polimerlar va oligomerlar». Uning 2011 yilda Moskvada «Sintez i svoystva reaksionnoaktivnix polimerov» monografiyasi chop etildi. U 800 dan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:19 ]
Arxiv ichida: docx