Abdulaziz Aliyevich Namozov

Abdulaziz Aliyevich Namozov

O'quvchilarga / Kimyo
Abdulaziz Aliyevich Namozov - rasmi

Material tavsifi

Abdulaziz Alievich Namozov Abdulaziz Alievich Namozov 1960 yil 10 yanvarda Farg'ona viloyatining Bog'dod tumanida tavallud toptan. Farg'ona Davlat Pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini 1986 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U «Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» sh fani bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlaridan alkogolsiz salqin ichimliklarni kimyoviy tarkibi asosida sertifikatlash muammolari bo'yicha tadqi-qotlar olib borgan. Tuproqning kimyoviy tarkibini o'rganishga doyr ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugullanib, Tuproqshunoslik va agrokimyo institutida aspiranturani tamomlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Toshkent oliy harbiy bojxona institutida «Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» kafedrasini tashkil etib, shu kafedraga 2003-2007 yillarda rahbarlik qilgan. «Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» fani bo'yicha dotsent ilmiy unvoniga ega. A.Namozov 250 dan ortiq ilmiy, metodik ishlar muallifi bo'lib, 2 ta darslik, 50 dan ortiq o'quv-metodik ishlar, 6 ta monografiya, 1 ta patent, 1 ta texnik shart va 150 dan ortik ilmiy-metodik ishlar shular jumlasidandir. «Analitik kimyo». «Tashqi iqtisodiy faoliyatni boj ta'rifi orqali tartibga solish» kabi oliy o'quv yurtlari uchun yozilgan darsliklar va «Bazi oziq-ovqatlarni sertifikatlash muammolari», «Ulug'lik mezoni», «Nauchnie osnovi sertifikatsii bezalkogolnix napitkov na osnove ix ximicheskogo sostava» (Germaniya) kabi monografiyalar elon qilgan. Salqin ichimliklarni kimyoviy tarkibi asosida bojxona ekspertizasidan o'tkazishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqqan va amaliyotga joriy etgan. Salqin ichimliklar tarkibidagi karbon kislotalarni aniqlash orqali tabiiy mahsulotlarni sintetik vositalardan foydalanib tayyorlangan mahsulotlardan farqlash uslublarini ishlab chiqqan va amaliyotga joriy etgan. Salqin ichimliklarning kimyoviy tarkibini tezkor usulda aniqlash bo'yicha uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqqan va amaliyotga joriy etgan. Uning «Anorganik moddalarniig «sinflari», «Noorganik moddalarniig sinflari va kimyoviy reaksiya tiplari», «Organik kimyo», «Klassifikatsiya neorganicheskiy veshestv» (Germaniya) kabi o'quv qo'llanmalari amaliyotga joriy etilgan. Sulfat kislota buglarini va boshqa oltingugurt birikmalarini ushlab qolish va yo'q qilish uskuiasi amaliyotga joriy etilgan va unga patent berilgan. A.Namozov tomonidan ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan salqin ichimliklarni kimyoviy tarkibi asosida sertifikatlash uslublari inson salomatligini saqlashda muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 1997 105-128 betlar. 2.To'xtaev A. Ekologiya T. O'qituvchi-1998. 3.G'ulomov M. Jo'raev Y. Ekologiya. Jinoyat va jazo T. 1991 4.Alimov T.A. Rafiqov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T. O'zbekiston1991 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.02 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.02 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga