Abdulla Murodovich Nasimov

Abdulla Murodovich Nasimov

O'quvchilarga / Kimyo
Abdulla Murodovich Nasimov - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Murodovich Nasimov Abdulla Murodovich Nasimov 1951 yilda Samarkand viloyati Qo'shrabot tumani Qo'rg'on qishlog'ida tavallud topgan. 1968 yilda 56-o'rta maktabni oltin me'dal bilan tugatib, Samarkand Davlat universitetining kimyo fakultetiga o'qishga kirgan va 1973 yilda uni imtyozli diplom bilan bitirib, fakultetda ishga qoldirilgan. 1990-1993 va 1996-200 yillarda fakultet dekani, 1993- 1996 yillarda o'quv ishlari bo'yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 2004 y il dan boshlab kafedra mudiri lavozimida ishlamokda. Professor Abdulla Nasimov rahbarligida amalga oshirilgan ilmiy ishlar natijasida 6 ta nomzodlik dissertatsiyasi, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya kilindi, 2 ta monografiya, 4 ta sheriy risola, 300 dan ortiq ilmiy maqola, 30 ga yaqin o'quv-uslubiy adabiyotlar chop qilindi. U 15 ta mualliflik guvohnomasi sohibidir. Professor A.Nasimov kislorod (Z.N. Normurodov, A.M. Nasimov), vodorod (Ye. Badalov, A.M. Nasimov), vodorod sulfidi, uglerod (IV) oksidi, azot oksidlari, oltingugurt oksidlari, galogenlar, ozon (A.T. Berdiev, A.M. Nasimov) va to'yingan uglevodorodlarni aniqlaydigan ionlanishga asoslangan usulni yaratdi, Atrof-muhit ifloslanishini nazorat qiluvchi analitik tizimning yangi avlodi yaratildi. A.Nasimov 6 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan. U ilmiy raqbari professor T.K.Hamroqulov, dotsent V.V. Hamroqulova, Z.N. Normurodovlar bilan birgalikda Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 1997 105-128 betlar. 2.To'xtaev A. Ekologiya T. O'qituvchi-1998. 3.G'ulomov M. Jo'raev Y. Ekologiya. Jinoyat va jazo T. 1991 4.Alimov T.A. Rafiqov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T. O'zbekiston1991 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga