Abdusafi Abdulazizovich Yo'lchiboyev

Abdusafi Abdulazizovich Yo'lchiboyev

O'quvchilarga / Kimyo
Abdusafi Abdulazizovich Yo'lchiboyev - rasmi

Material tavsifi

Abdusafi Abdulazizovich Yulchiboev Abdusafi Abdulazizovich Yulchiboev -ftor saqlovchi polimerlar bo'yicha maktab yaratgan taniqli olim. U 1932 yil 8 noyabrda Toshkent shahrida tavaetlud topgan. Toshkent shaxridagi 11-maktabni oltin me'dal bilan tamomlab, O'rta Osiyo universitetining kimyo fakultetiga o'qishga kirgan. 1955 yilda fizikaviy kimyo ixtisosligi bo'yicha imtiyozli diplom bilan universitetni tamomlagan. Fizikaviy kimyo kafedrasida ishda qoldirilib, assistent lavozimida ishlab, 1959 yili akademik H.Usmonov rahbarligida «Paxta tselyulozasi molekulyar qatlamining zichligi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1962 yilda dotsent unvonini olgan. 1968 yilda vinil ftorid asosidagi polimerlar mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1960-1982 yillarda polimerlar kimyosi laboratoriyasiga rahbarlik qilgan. 1996 yilgacha gokori molekulyar birikmalar kimyosi kafedrasiga rahbarlik qilgan. A.Yulchiboev rahbarligida 1 ta doktorlik va 40 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Uning shogirdlari orasida Uzbekistan fuqarolaridan tashqari Misr, Hindiston, Germaniya, Vetnam, Gretsiya mamlakatlari fuqarolari borligi etiborga loyiqdir. ALOlchiboev tarkibida ftor saqlovchi polimerlar sohasi bo'yicha jahonga tanilgan olim bo'lib, uning rahbarligida alyuminiy ftorid va grafitdan tarkib topgan simobsiz katalizatorlar ishtirokida atsitilenni gidroftorlash orqali vinil ftorid olish uslubi ishlab chiqilgan. Vinil ftoridni radiatsion polimerlash uslubi amalga oshirilgan. Vinil ftorid-dan polivinil ftorid olishning muqobil uslubi yaratilgan. Shuningdek, vinil ftoridning vinil xlorid, vinil atsetat, akril kislotasi, akrilonitril, metilmetakrilat va boshqalar bilan sopolimerizatsiyasi o'rganilgan. Olib borgan tadqiqotlari asosida «Navoiyazot» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida «Plast polimer» teshkilotining Rossiya Federatsiyaschnipg Perm shahri filiali olimlari, «Xlor» ilmiy ishlab chiqarish Davlat institutining «Borislav» filiali olimlari bilan hamkorliqda mustahkam, ultrabinafsha va chidamli polimerlarning tajriba variaitlarini ishlab chiqarish bo'yicha tegishli tajribalarni amalga oshirgan. A.Yulchiboev 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 41 ta mualliflik guvohiomasi, 2 ta monografiya va 1 ta darslik muallifidir. Uning «Modda tuzilishi» nomli darsligi ko'plab oliy o'quv yurtlarida o'kitilmoqda. U Vengriya, Finlyandiya davlatlarida bo'lib, xalqaro simpoziumlarda ftor saklovchi polimerlar mavzusida ma'ruzalar bilan katnashgan. Adabiyotlar: 1.Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T. 1997 105-128 betlar. 2.To'xtaev A. Ekologiya T. O'qituvchi-1998. 3.G'ulomov M. Jo'raev Y. Ekologiya. Jinoyat va jazo T. 1991 4.Alimov T.A. Rafiqov A.A. Ekologiya xatolik saboqlari T. O'zbekiston1991 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga