Adsorbsiya hodisalari qattiq jism sirtidagi adsorbsiya

Adsorbsiya hodisalari qattiq jism sirtidagi adsorbsiya

O'quvchilarga / Kimyo
Adsorbsiya hodisalari qattiq jism sirtidagi adsorbsiya - rasmi

Material tavsifi

Adsorbsiya hodisalari qattiq jism sirtidagi adsorbsiya Reja: Barcha dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari. Absorbsiya. Barcha dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari. Barcha dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari. sirtida erkin energiya zaxirasi bо'ladi. Sirt energiya о'z tabiati jihatidan potensial energiya bо'lganligi uchun termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq har qanday jism о'zining sirt energiyasini mumkin qadar kamaytirishga intiladi, yani jism sirtida erkin energiyani kamaytiradigan jarayonlar sodir bо'ladi. Shuning uchun ham kolloid (va umuman dispers) sistemalar termodinamik jihatdan beqaror sistemalardir. Ularda doimo dispers faza zarrachalari sirtini kamaytiradigan jarayonlar (masalan, koagulyatsiya) sodir bо'lishi mumkin. Sirt energiyaning kamayishiga olib keluvchi jarayonlardan biri sorbsiya jarayonidir. Umuman, biror modda sirtida yoki xajmi bo'yicha ikkinchi bir moddani o'z-o'zidan yutilishiga - sorbsiya deyiladi. yutgan modda sorbent, yutilgan modda sorbat yoki sorbtiv deyiladi. Yutilish jarayonining 4ta asosiy turi bor: -absorbsiya, -adsorbsiya, -xemosorbsiya va -kapillyar kondensatsiya Absorbsiya. Qattiq jism yoki suyuqlikning butun hajmiga gaz yoki bug'ning yutilishiga absorbsiya deyiladi. Bu jarayonda gaz molekulalari sorbent massasiga kirib boradi va qattiq yoki suyuq eritma hosil bo'ladi. Gaz molekulalarining tarqalishi diffuziya tufayli bo'ladi. Qattiq jismlarda diffuziya tezligi kichik bo'lganligi sababli ularda absorbsiya sekin boradi va muvozanat uzoq vaqt yuzaga keladi. Haroratning ortishi absorbsiyani tezlashtiradi. Absorbsiyaga - suvga SO2 va NH3 ning yutilishini misol qilish mumkin. Adsorbsiya. Qattiq jism yoki suyuqlik sirtida boshqa modda molekulalarining o'z-o'zidan yutilishi adsorbsiya deyiladi. Yutgan modda adsorbent, yutilgan modda adsorbat yoki adsorbtiv deyiladi. Adsorbsiya xodisasi QQ; Q-S; Q-G (harakatsiz sath) va S-S; S-G (harakatchan sath) chegara sathlarida kuzatiladi. 3.1-rasm. Adsobsiya jarayonining sxemasi: A - boshlang'ich holati (μiv μib, ∆μi 0); b - muvozanat holati (μiv= μib, ∆μi = 0); CB - adsorbsion qavatning qalinligi Adsorbsiya о'z-о'zidan boradigan jarayon bо'lganligi sababli jarayon davomida ∆G kamayadi va ∆G=0 bо'lganda adsorbsion muvozanat qaror topadi. Adsorbsiya geterogen jarayon bо'lganligi sababli adsorbtivning kimyoviy potensiali gaz fazada (μiv) va adsorbent sirtida (μiv) tenglashguncha davom etadi: μiv= μib, ∆μi = 0 Ammiak solingan idishga qizdirilib, so'ngra sovutilgan ko'mir solinsa ko'mir ammiakni yutadi. Bunda ko'mir - adsorbent, ammiak - adsorbtiv hisoblanadi. Adsorbsiyaga oid dastlabki ilmiy tekshirish ishlari T.Ye. Lovits nomi bilan bog'liq. U 1792 yilda eritmalarni turli ko'shimchalardan tozalash uchun qattiq adsorbent sifatida ko'mirdan foydalandi. Adsorbsiya hodisasi faqat ko'mirga emas, balki boshqa barcha g'ovak moddalarga ham xos. Adsorbsiya sathda boradigan jarayon bo'lib, adsorbtiv (gaz yoki erigan modda) molekulalarining adsorbent sathidagi molekulalar bilan Van-der-Vaals kuchlari, vodorod bog'lari, elektrostatik tortishish kuchlari ta'sirida ta'sirlashishi tufayli sodir bo'ladi. Shu ta'sirlashuvlar natijasida qanday bog'lar xosil bo'lishiga qarab adsorbsiya ikkiga bo'linadi: Fizikaviy adsorbsiya - adsorbent ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.32 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.32 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga