Agregat holatlar haqida molekulyar - kinetik nazariya

Agregat holatlar haqida molekulyar - kinetik nazariya

O'quvchilarga / Kimyo
Agregat holatlar haqida molekulyar - kinetik nazariya - rasmi

Material tavsifi

Agregat holatlar haqida molekulyar-kinetik nazariya Tayanch so'zlar Agregat, molekula, plazma, bosim, harorat, sublimatsiya, kondensatsiya. Moddalar uch agregat holatda gaz, suyuq va qattiq holatda bo'ladi. Gaz, suyuq va qattiq moddalarning bir-biridan farqi ularning orasidagi masofa va ulardagi molekulalararo ta'sirining tabiati bilan kuchidadir. Gazlarning molekulalari orasidagi masofasi katta, molekulalarning o'zaro ta'sir kuchi esa kichik bo'ladi. Shuning uchun gazlar katta hajmni egallashga intiladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi masofa gazlarnikiga qaraganda ancha kichik, molekulalarning o'zaro ta'sir kuchi esa ancha kattadir. Shu sababli, suyuqliklarning shakli o'zgarsa ham hajmi o'zgarmaydi, chunki molekulalar orasidagi ta'sir kuchi shaklni saqlab turish uchun yetarli emas. O'zgarmas sharoitda qattiq moddalarning hajmi ham o'zgarmas bo'ladi, chunki ularning molekulalari odatda bir-biriga nihoyatda yaqin joylashgan va ularning o'zaro ta'sir kuchi katta bo'ladi. Demak, moddaning agregat holatini o'zgartirish molekulalar orasidagi masofani va ularning o'zaro ta'sir kuchini (bosim va harorat) o'zgartirish bilan amalga oshiriladi. Bulardan tashqari moddalar plazma va o'ta qattiq holatda ham bo'ladi. Plazma - bu konsentrlangan gaz bo'lib, bunda bir qism atomlar bitta yoki bir necha elektronini yo'qotib, musbat ionlarga aylanadi. Demak, plazma shunday aralashmaki, erkin elektron musbat ion va neytron atom yoki molekuladan iborat. Moddani bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o'tishiga ta'sir etuvchi omillar Moddani bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o'tishiga ta'sir etuvchi omillar bu harorat va bosimdir. Masalan, suv 0°C dan past haroratda muz holatda (qattiq holat), 0°C - 100°C orasida suyuq holatda, 100°C dan yuqorida bug' holatda (gaz holatda) bo'ladi. Demak, harorat o'zgarishi bilan suvning agregat holati ham o'zgarar ekan. Moddalarni agregat holatiga bosim ham katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, suv bug'i kuchli bosim bilan siqilsa, u suyuq holatga o'tadi. Ko'pchilik moddalar ma'lum bosimda va ma'lum haroratda bir vaqtning o'zida uchchala holatda ham bo'lishi mumkin. Masalan, 4,579 mm simob ustuni bosimida va 0,0075°C haroratda suv gaz (bug') holatda ham, suyuqlik (suv) holatda ham, qattiq (muz) holatda ham bo'ladi. Lekin ba'zi moddalar sharoit har qancha o'zgartirilsa ham uch agregat holatning biridagina bo'ladi. Masalan, kalsiy karbonat faqat qattiq holatda bo'ladi. Agar u qizdirilsa, hatto ancha yuqori haroratda ham suyuq, gaz holatiga o'tmaydi, agar ancha yuqori haroratda qizdirilsa, parchalanib, kalsiy oksid (CaO) va karbonat angidrid (CO2) hosil qiladi. Moddalarni qattiq holatdan suyuq holatga o'tishi suyuqlanish, suyuq holatdan gaz holatga o'tishi bug'lanish deb ataladi. Ba'zi moddalar (masalan, yo'd) suyuq holatga o'tmay turib, qattiq. holatdan to'g'ridan-to'g'ri gaz holatiga o'tadi. Bu hodisa sublimatsiya deyiladi. Moddalarning gaz holatidan suyuq va qattiq holatga o'tishi kondensatsiya deyiladi. Shuning uchun moddaning suyuq va qattiq holati uning kondensatlangan holatlari deb ataladi. Moddalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.98 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.98 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga