Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, uslubiyoti, tarixi va boshqa fanlar bilan bog'liqligi

Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, uslubiyoti, tarixi va boshqa fanlar bilan bog'liqligi

O'quvchilarga / Kimyo
Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, uslubiyoti, tarixi va boshqa fanlar bilan bog'liqligi - rasmi

Material tavsifi

Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, uslubiyoti, tarixi va boshqa fanlar bilan bog'liqligi Reja: 1. Kirish 2. Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti. 3. Ovropada agrokimyo fanining rivojlanishi, tarixi va rus omillarining agrokimyo fanining rivojlanishiga qo'shgan xissalari. 4. O'zbekistonda agrokimyo fanining rivojlanish tarixi va hozirgi davri. 5. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Tayanch iboralar: Agrokimyo, mineral o'git, organik o'git, moddalar aylanishi, vegetatsion uycha, lizimetr «qishloq xo'jaligi zarur mineral o'g'itlar o'simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta'minlashni nafaqat tubdan uzgartirish, balki agrokimyo qoidalariga katiy amal qilishga talabchanlikni oshirish, ularni qo'llash madaniyatini yuksaltirish» lozim ». I.Karimov 1. Ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo'jaligini ishlab chiqarishni jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo'li bu - dehqonchilikni kimyolashtirishdir. jahon tajribasidan shu narsa malum buldiki, ekinlar hosildorligi tuproqka kiritilayotgan o'g'itlar miqdori bilan uzviy bog'liq. O'gitlar samaradorligi odatda ekinlardan olinadigan qo'shimcha hosil miqdori bilan belgilanadi. Respublikamizda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning natijalariga ko'ra 1 ts mineral o'g'it hisobiga don 1- 1,3 tga, paxta 0,6-0,8 tga, kartoshka 5-7,5tga, sabzavot va poliz 10-12 tga miqdorda qo'shimcha hosil olish mumkin ekanligini kursatmokda. Ekinlardan olinadigan hosilning kariyib yarmi mineral o'g'itlar hisobiga olinadi. Akssariyat ekinlarda o'g'it qo'llash bilan bog'liq sumlik sarf - xarajat 2-3 sum bo'lib hosil bilan qaytadi, guzani o'g'itlashda esa bu ko'rsatkich 8-9 sumni tashkil etadi. O'gitlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproq iqlim sharoitlari, o'g'itlarning me'yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari bilan bog'liq. Mineral o'g'itlardan foydalanish fakat XIX asrning ikkinchi yarmidangina boshlandi. Keyinchalik ulardan foydalanish yildan yilga ortib boradi. Shunga ko'ra ularni ishlab chiqarish xam ancha kupaydi: 200 yilga kelib dunyo bo'yicha 307,2 mln. tonna mineral o'g'it jumladan 170 mln tonna kaliyli o'g'it ishlab chikariladi. Lekin shunga qaramay gung qishloq xo'jaligida muhim o'g'itlardan biri bo'lib kolmokda chunki uning tarkibida o'simliklar uchun zarur ozik elementlari bor, demak u qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshishiga kuchli ta'sir etadi. hozirgi kunda O'zbekistonda mineral o'g'itlarni ishlab chiqarish va qishloq xo'jalik ekinlariga ishlatish shu bilan birga atrof muhitni ifloslanishining oldini olishga juda katta ahamiyat berilayapti. I.A.Karimov uzining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida» asarida o'g'itlarni ishlab chikaruvchi kambinatlari qurilishini tahlil qilib, kurilgan kambinatlardan O'zbekistondagi bo'lgan fosforit konlaridan tulik foydalanilmayapti deb kursatib utdi. O'zbekistonda fosforit o'g'itlar-ammofos va ammoniylashtirilgan super fosfort ishlab chikaradigan juda katta korxonalar barpo etilgan. Shu bilan birga aniqlangan zaxiralari 300 mln. tonnaga yaqin bo'lgan fosforit konlaridan amalda foydalanilmayotir. O'zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari mavjud, bular kashkadaryo viloyatidagi Tubakat va Surxandaryo viloyatidagi Xujaykon konlaridir. Taxminiy hisoblarga karaganda kaliy tuzlari 100 yildan kuprokka etadi. hozirgi kunda O'zbekistonda 6 ta (Chirchik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.62 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.62 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga