Agrokimyo fanining predmeti, o'rganish usullari, maqsadi, vaziflari, uning boshqa fanlar orasidagi tutgan o'rni

Agrokimyo fanining predmeti, o'rganish usullari, maqsadi, vaziflari, uning boshqa fanlar orasidagi tutgan o'rni

O'quvchilarga / Kimyo
Agrokimyo fanining predmeti, o'rganish usullari, maqsadi, vaziflari, uning boshqa fanlar orasidagi tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Agrokimyo fanining predmeti, o'rganish usullari, maqsadi, vaziflari, uning boshqa fanlar orasidagi tutgan o'rni Reja: Agrokimyo fani nimani o'rganadi? Agrokimyo fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Agrokimyo fanini o'rganish va tekshirish usullari. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ular orasida tutgan o'rni. Agrokimyo fanining xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Xulosa. Tayanch iboralar o'z-o'zini tekshirish uchun savollar Foydalanilgan adabiyotlar Agrokimyo fani nimani o'rganadi? Agrokimyo fani - qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirish va oziqlanish jarayonida o'simliklar, tuproq va o'g'it o'rtasidagi o'zaro munosabatni o'rganadi. Bundan tashqari dehqonchilikda moddalar aylanishi to'g'risida va linadigan hosilni ko'paytirishda o'g'itlardan samarali foydalanish, hosilning sifatini yaxshilash hamda tuproq unumdorligini oshirish to'g'risidagi bir kator masalalarni o'rganadigan fandir. hozirgi zamon Agrokimyo fani qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga to'g'ridan-to'g'ri amaliy va almiy yordam beradigan xam biologik xam kimyoviy fandir. Agrokimyoda urganiladigan uchtalabalar asosiy obyekt - o'simliklar, tuproq va o'g'itlar bir-birlari bilan dialektik o'zaro aloqada bo'lib, bir-biriga taxsir etib turadi. Bu bog'lanishlar sistemasini D.N.Pryanishnikov uchburchak ko'rinishdatasvirladi, uning uchtalabalar uchi o'simlik, tuproq va o'g'it, kush, qarama-qarshi yo'nalishdagi strelkalar esa bu obyektlarning bir-birlari bilan uzar taxsirini ifodalaydi, chunki uchburchak markazida esa agrokimyo turadi. o'simliklar oziqlanish jarayonida tuproq va o'g'it bilan tuproq - o'simlik va o'g'it bilan, o'g'it-tuproq va o'simlik bilan o'zaro taxsirlashadi. Bunday o'zaro taxsirning sharoitlari va xarakteri olinadigan hosilning miqdorini va sifatini belgilaydi. «o'simlik, tuproq va o'g'it orasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganish, - deb yozgan edi D.N.Pryanishnikov, - xamma vaqt agrokimyogarlarning asosiy vazifasi bo'lib kelgan». D.N.Pryanishnikov fakat agrokimyogina tuproqning unumdorligini va qishloq xo'jalik ekinlirining hosildorligini oshirish uchun tegishli bo'lgan o'g'itlarni solish yo'li bilan yuqorida aytib utilgan o'zaro taxsir etuvchi uchtalabalar omilga doir bilimlarning sintezi bilan shugullanishini taxkidlagan edi. o'simliklarning oziqlanishi va o'simlik, tuproq hamda o'g'itlar orasidagi o'zaro taxsirni o'rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Nazariy asoslarni bilish o'g'itlar ishlatishga doir amaliy masalalarniijodiy xal etishga imkon beradi. Bunday masalalarni esa agrokimyo ishlab chikadi. o'g'itlarning eng samarali shakllarini, dozalari va nisbatlari, ularni har xil tuproq-iqlim sharoitida turli qishloq xo'jalik ekinlariga solishning optimal muddatlari va usullari, o'g'it solishni tuproqka ishlov berish, almashlab ekish, sugorish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofik ravishda birga olib borish ana shunday masalalar jumlasiga kiradi. o'simlik o o o tuproq o'g'it 1-rasm. Agrokimyo fanining asosiy mazmunini D.N.Pryanishnikov talqinida ifodalanishi. Agrokimyo fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Agrokimyo fanining asosiy perdmeti - bu o'simlik, tuproq va o'g'itlar hamda ular orasidagi o'zaro taxsir munosabatlarini o'rganishdir. Agrokimyo fanining maqsadi - o'g'itlarning har xil turlari va shakllari, xususiyatlarini hisobga olgan holda o'simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratishdir. Shuningdek, o'g'itlarning tuproq bilan o'zaro taxsir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga