Akrilonitrilning choklangan sopolimerlarini dietilamin bilan kimyoviy modifikatsiyalash

Akrilonitrilning choklangan sopolimerlarini dietilamin bilan kimyoviy modifikatsiyalash

O'quvchilarga / Kimyo
Akrilonitrilning choklangan sopolimerlarini dietilamin bilan kimyoviy modifikatsiyalash - rasmi

Material tavsifi

BYeKMURATOV GAYRAT XUSANOVICh Ximicheskaya modifikatsiya sshitix sopolimerov akrilonitrila dietilaminom Vipusknaya kvalifikatsionnaya rabota BITIRUV MALAKAVIY IShI Akrilonitrilning choklangan sopolimerlarini dietilamin bilan kimyoviy modifikatsiyalash MUNDARIJA Asosiy belgilar va qisqartmalar. AN- akrilonitril. DEA-dietilamin. GGA- geksagidro-1,3,5-triakrililtriazin. DVB- divinilbenzol. SAS-statistik almashinish sig'imi. DMFA-dimetilformamid. SN2-metilen guruhi. DAK- azo-izomoy kislotasining dinitrili. IQ-infraqizil spektr. Ѵ-valent tebranish. N-normallik. rKα- dissotsilanishining tuyulma qiymati. α-neytrallanish darajasi. Tqayn-qaynash temperaturasi. Tsuyuq-suyuqlanish temperaturasi. V1-titrlash uchun sarflangan eritmaning hajmi. g - namunaning massasi. Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Polimerlar va ular asosidagi materiallar barcha sohalarda muhim o'rin tutadi va ularni ishlab chiqarish yildan yilga ortib bormoqda. Yangi polimerlar sintez qilinmoqda, yangidan-yangi ajoyib materiallar kashf qilinmoqda. Bu sohada xalq xo'jaligining turli sohalarida keng miqyosda qo'llanilayotgan yo'naltirilgan ion almashuv xossasiga ega materiallar sintezi muhim ilmiy yo'nalish hisoblanadi, bu esa ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini yechishda katta ahamiyatga ega. Shu sababli ham akrilonitril asosida choklovchi agent ishtirokida donador polimerlar olib va so'ngra funksional guruhlarni kimyoviy modifikatsiyalab ionitlar olish dolzarb hisoblanadi. Bunday polimerlar-ionitlar alohida qimmatbaho komponentlarni ajratib olish uchun texnologik eritmalarni kontsentrlash talab qilinganda alohida mexanik va kimyoviy barqarorlik talab qiluvchi turli xil sorbtsiyalash texnologiyalarida suv ta'minoti manbalarini tozalashda, zaharli ionlardan hamda ekologik xavfli birikmalardan sanoat chiqindi suvlarini zararsizlantirishda oldindan ishlatilib kelinmoqda. Ishning maqsadi. Mazkur malakaviy bitiruv ishining maqsadi akrilonitril va choklovchi agent geksagidro-1,3,5-triakrililtriazin asosida donador sopolimerlar olish va ularni dietilamin bilan kimyoviy modifikatsiyalab fizik-kimyoviy xossalarini o'rganishdan iborat. II. Adabiyotlar sharhi. Poliakrilonitrilni modifikatsiyalash usullari. Malumki, akrilonitril (AN) foydalanishning muhim sohalaridan biri ionalmashinuvchi qatronlar sifatida qo'llaniladigan polimerlar va sopolimerlarni mazkur monomer asosida sintez qilishdir. Akrilonitril asosida olingan sorbertlar selektiv (tanlab) sorbtsiyalovchi ionitlar qatorida alohida ahamiyatga ega. Ionitlar sintez qilish uchun suspenziyada sopolimerlash usuli keng qo'llaniladi va olingan g'ovaksimon ionitlar gelsimon sorbentlardan yuqori ko'rsatkichlarga egaligi bilan farqlanib, keyingi vaqtda ularning sinteziga katta ahamiyat berilmoqda. Masalan, akrilonitril (AN) va divinilbenzol (DVB) asosida g'ovaksimon kuchsiz kislotali KM-2P kationiti olingan. Mazkur monomerlarni suspenzion usulda benzoil peroksidi ishtirokida tuzli eritmada stabilizator sifatida 1% kraxmal qo'shib sopolimerlangan [1]. G'ovaklovchi sifatida toluoldan foydalanilgan. Monomerlar va initsiatorlar aralashmasi 4:1 suv-organik aralashma 33 K haroratda tuzli eritmaga quyilgan. Reaktordagi bu aralashma bir tezlikda aylanuvchi mexanik aralashtirgich vositasida 363 K haroratda 5 soat davomida aralashtirib turilgan. Shu usul bilan olingan sopolimer bir necha marta suvda yuvilib, quritilgach elakdan va 0,4-1,2 mm o'lchamli munchoqsimon fraksiya gidroliz uchun tanlab olingan. Ishqoriy gidroliz 96-100°S da amalga oshirilgan. Gidroliz to'liq amalga oshganligini qatronning gidroliz boshlanishidagi och qizil rangdan gidroliz oxirida och sariq rangga o'zgarishi bilan belgilangan. 30% g'ovaklovchi qo'shib 90% AN va 10% DVB ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 908 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 908 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga