Alkadienlar. Olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 14-mavzu Molekulasida ikkita qo'shbog' saqlagan ochiq zanjirli uglevodorodlarga alkadiyenlar deyiladi. Ularning molekulasi tarkibida ikkita qo'shbog' borligi uchun, tegishli alkanlarga nisbatan 4 ta vodorod atomi kam bo'ladi. Shuning uchun ularning umumiy formulasi СnН2n-2. Etilen qator uglevodorodlar bilan tanishganimizda, molekula tarkibida bitta π bog'ini ya'ni qo'shbog'ini bo'lishi vodorod atomlari sonini ikkitaga kamayishiga sabab bo'lishini bilgan edik. Shunga muvofiq diyen uglevodorodlarida uglerod atomlari soni bir xil bo'lgan alkanlarga nisbatan vodorod atomlari soni to'rttaga kam bo'ladi. Sababi alkenlarda bitta qo'shbog' bo'lsa, diyenlarda esa ikkita qo'shbog' bo'ladi. Masalan: propan C3H8 da 8 ta vodorod, unga mos keluvchi bo'lgan propadiyen C3H4 da 4 ta vodorod atomi bo'ladi. Propan (C3H8) Propen (C3H6) Propadiyen (C3H4) Nomenklaturasi. Diyen uglevodorodlarning sistematik nomenklatura bo'yicha nomlanganda to'yingan uglevodorodlar nomi oxiridagi «n» harfi o'rniga «diyen» qo'shimchasini qo'shish va qo'shbog' tutgan uglerod atomlarini ko'rsatish bilan hosil bo'ladi. Diyen qator uglevodorodlarni nomlashda: Tarkibida ikkala qo'shbog' bor bo'lgan eng uzun zanjir asosiy zanjir sifatida tanlab olinadi. Radikallar turgan o'rni belgilangandan so'ng modda nomlanadi. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini qo'shbog' yaqin tarafdan raqamlanadi. 1 2 3 Izomeriyasi. Alkadiyenlar uchun zanjir va holat izomerlari uchraydi. Fizik xossalari. Diyen uglevodorodlarning ham fizik xossalari to'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarning gomologik qatori kabi ma'lum tartibda o'zgaradi. Butadiyen-1,3 normal sharoitda gaz modda, 2-metilbutadiyen-1,3 esa uchuvchan xususiyatga ega bo'lgan suyuqlik hisoblanadi. Kimyoviy xossalari. Alkadiyenlar ham alkenlarga o'xshab birikish reaksiyalariga kirishadi. Butadien- 1,3 ni brom bilan ta'sirlashishida 1,4 yoki 1,2 birikish reaksiyalari amalga oshadi. Alkadienlarning yonish reaksiyasini quyidagi umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin: CnH2n-2 + (1,5n-0,5)O2 nCO2 + (n-1)H2O C3H4 + 4O2 3CO2 + 2H2O C5H8 + 7O2 5CO2 + 4H2O ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.53 MB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: pptx