Alkaloidlar ochilishi haqida tarixiy ma'lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi

Alkaloidlar ochilishi haqida tarixiy ma'lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Alkaloidlar ochilishi haqida tarixiy ma'lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Alkaloidlar ochilishi haqida tarixiy ma'lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi Reja: 1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. 2. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o'simliklar tasnifi. 3. Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari. 4. Miqdoriy va sifat tahlili. 5. Alkaloidlarni ajratish usullari. Alkaloidlar ochilishi haqida tarixiy ma'lumotlar O'simliklar (qisman hayvon) to'qimalarida tayyor holda bo'ladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta'sirga ega bo'lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha alqali ishqor va yunoncha eydos o'xshash (simon) so'zlaridan iborat bo'lib, ishqorsimon birikma degan ma'noni bildiradi. Bu alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o'simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi bo'lib alkaloid deb atadi. Tarkibida alkaloid bo'lgan o'simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o'rganish va tekshirish sohasida ilmiy ishlar boshlandi. 1792 yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po'stloi tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon xolida ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi hamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. SHunday bo'lsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachisi Sartyurner hisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall holda alkaloid ajratib oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish uyotdi, chunki shu paytgacha o'simlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega bo'lgan moddalar bor deb o'ylashgan, asosli xossaga ega bo'lgan sintetik organik moddalar esa keyinroq (1848) ochilgan. YAngi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin o'sha yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun alkaloidlar bilan tanishish yuzaki bo'lib qoldi. Ularni yanada chuqurroq o'rganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib ko'rish keyingi davrda, aniqrog'i o'tgan asr oxirlariga to'g'ri keladi. hozirgi kunda kimyoning bu bo'limi yaxshi va tez rivojlanmokda. Kuyida keltirilgan jadvalda juda muhim alkaloidlarning ochilishi sanasi keltirilgan. Alkaloidlar o'simliklar dunyosida keng tarqalgan. quyidagi oilaning vakillari alkaloidlarga boy: lolaguldoshlar (liliaceae); chuchmomadoshlar (amaryllidaceae); kendirdoshlar (arosupaseae); ayiqtovondoshlar (Ranunsulaceae); ko'knordoshlar (Raraveraseae); dukkakdoshlar (Fabaseae); ituzumdoshlar (Solanaseae) va boshqalar. SHu davr ichida bugun yer yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar oilasiga 897 tasi to'ri keladi. O'simliklarning tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15%, ba'zan 25% gacha alkaloidlar bo'lishi mumkin. O'simliklarda bir-biriga yaqin ko'pgina alkaloid bo'ladi. Alkaloidlar uchun eng xarakterli bo'lgan o'rni o'simlik organizmida tayyor holda bo'lishi va ular o'simlikning hayot faoliyati natijasida hosil bo'lishi. Alkaloidlar qimmatbaho dorivor modda bo'lganligi uchun uni o'rganishga va kimyoviy strukturasini tuzishga qiziqish oshdi. Alkaloidlar strukturasini o'rganish bizlarga bir qator izlanishlarni olib borishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.03 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.03 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga