Alkanlarni olish usullari va xossalari Alkanlarni tabiiy manba'lari va olish usullari. Alkanlarni fizikaviy xossalari. Alkanlarni elektron va fazoviy tuzilishi, kimyoviy xossalari. Bog'ni gomolitik uzilishi, erkin radikallar va ularning tuzilishi. Alkanlardagi zanjirli erkin radikal almashinish reaksiyasining mexanizmi haqida umumiy tushunchalar: galogenlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash, nitrolash, oksidlash reaksiyalari Alkanlar asosan tabiiy manba'lardan va sintez usuli bilan olinadi. 1.Alkanlarning asosiy manba''i neft va tabiiy gazdir. Tabiiy gaz 95-98 % metan, 2-5% etan, propan, butandan iborat bo'ladi. Neftni qayta ishlab alkanlarni aralashmasi olinadi. 2.Tosh yoki qo'ng'ir ko'mirni vodorod bilan molibden, volfram va nikel metallarining oksidlari va sulfidlari ishtirokida 450-470oС, 300 atm bosimda gidrogenlanadi. Buning natijasida alkanlar va sikloalkanlar hosil bo'ladi. 3.Fisher-Tropsh usuli. Uglerod(II)- yoki (IV)-oksidi kobalt va temir katalizatorlari ishtirokida qaytarilsa alkanlarning aralashmasi hosil bo'ladi: 4.Karbidlardan olish. Ayrim karbidlarga suv ta'sir ettirib metan olinadi: Al4C3 + 12H2O 3CH4 + 4Al(OH)3 5.Vyurs (1855 y.) reaksiyasi bo'yicha galogenalkanlardan olish: 2CH3CH2CH2CH2Vr + 2Na C8Н18 + 2NaBr. Bu usul bilan juft uglerod atomi tutgan alkanlarni olish yaxshi unum bilan boradi. Toq sonli uglerod atomi tutgan alkanlarni har xil galogenalkanlardan olinganligi sababli alkanlarning aralashmasi hosil bo'ladi: CH3CH2CH2Вr + CH3CH2Вr + 2Na C5Н12 + C6N14 Q C4N10 + 2NaBr Bunday reaksiyani litiy metali va mis tuzlari ishtirokida efir eritmasida olib borilsa yuqori unum bilan alkan hosil bo'ladi (Kori-Xaus reaksiyasi): CH3X + 2Li CH3Li + LiX 2CH3Li + CuI (CH3)2LiCu + LiI (CH3)2LiCu + C5H11I C6H14 + CuI + LiI Galogenalkanlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati va reaksiya unumi quyidagi qatorda o'zgaradi: RX (100%) R2CHX (50%) R3X (30%) 6.Kislota tuzlaridan olish RCOONa + NaOH RH + NaCO3. 7.Organik birikmalarni qaytarib olish: Fizik xossalari. CH4, С2N6, С3N8, С4Н10 gaz moddalar. С5Н12 dan to С15Н32 gacha suyuq, С16Н34 dan boshlab qattiq moddalar. Ular suvda erimaydi. Uglerod atomlari bir chiziqda yotmaydi. n-Alkanlar izoalkanlardan mochevina va tiomochevina yordamida ajratiladi. Kimyoviy xossalari. Alkanlarda uglerod atomlari sp3 gibridlanish holatida bo'ladi. Uglerodning 4 ta sp3 gibridlangan orbitallari to'rtta vodorodning 1s orbitali bilan qoplanadi va -sigma bog'larni hosil qiladi. Gibridlangan orbitallarning uchlari to'g'ri tetraedrning uchlariga yo'nalgan bo'ladi va ular orasidagi burchak 109o28' ga teng. С-С bog'ining uzunligi 0,154 nm va С-Н bog'i 0,109 nmga teng. Metan molekulasi tetraedr ko'rinishida bo'lib, uning uchlarida vodorod atomlari joylashgan va burchak 109o28' ga teng: n-Alkanlarning molekulasida uglerod atomlari ko'p bo'lsa, ularning tuzilishi siniq chiziq ko'rinishida bo'ladi va uglerod atomlari tekislikda quyidagicha yotadi: Alkanlarni parafinlar ham deyiladi. Ular kislotalar, ishqorlar va oksidlovchilar ta'siriga chidamli, ammo nur, harorat ta'sirida reaksiyaga kirishadi. Galogenlash. Alkanlar ftor bilan shiddatli, xlor bilan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.35 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.35 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: docx