Alkanlarning umumiy formulasi va gomologik qatori. Ratsional nomenklatura 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 5-mavzu Reja: Alkanlarning umumiy formulasi Tarixiy nomenklatura Ratsional nomenklatura Alkanlar CnH2n+2 umumiy formulaga ega bo'lib, ularni tarkibidagi barcha uglerod atomlari faqat σ (sigma) bog' orqaligina bog'langan bo'ladi. Metan Etan Propan Bir sinfga kiruvchi xossalari o'xshash bo'lgan, tarkibi bir-biridan - CH2- guruh bilan farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Gomologlar keltirilgan qatorni gomologik qator deyiladi. To'yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, tegishli uglevodordlarning radikallari hosil bo'ladi. Tarixiy nomenklatura. Organik birikmalarning ko'plab kashf etilishi natijasida ko'pchilik organik moddalarga trivial(empirik, tarixiy, tasodifiy)nomlar berilgan. Masalan, to'yingan uglevodorodlarning birinchi to'rtta vakiliga metan, etan, propan va butan deb, tasodifiy nom berilgan. Pentandan boshlab alkanlarning nomiga molekula tarkibidagi uglerod atomi sonining grekcha nomiga (penta- 5, geksa- 6, gepta- 7, okta- 8, nona- 9, deka- 10) «an» qo'shimchasini qo'shib hosil qilinadi. To'yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, tegishli uglevodordlarning radikallari hosil bo'ladi. Radikallarning umumiy formulasi CnH2n+1 bo'lib, radikal nomi to'yingan uglevodorod nomidagi «an» qo'shimchasi o'rniga «il» qo'shimchasi qo'shish bilan hosil bo'ladi. Masalan: CH4-metan CH3- metil C2H6-etan C2H5- etil Ratsional nomenklatura XIX asrdan boshlab organik moddalarni nomlashda ratsional (lotincha «ratio» fikrlash, idrok demakdir) nomenklatura qo'llanildi. Metan tarkibidagi vodorodlar o'rniga radikallarning almashinishidan alkanlar hosil bo'ladi Ratsional nomenklatura bo'yicha alkanlarni nomlashda eng ko'p tarmoqlangan uglerodni metan markazi sifatida qaraladi va shu uglerodga bog'langan radikallarning nomi va oxirida metan so'zini aytish bilan modda nomi tugallanadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
165 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: pptx