Alkanlarning xalqaro nomenklatura bo'yicha nomlanishi. Izomeriyasi

Alkanlarning xalqaro nomenklatura bo'yicha nomlanishi. Izomeriyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Alkanlarning xalqaro nomenklatura bo'yicha nomlanishi. Izomeriyasi - rasmi

Material tavsifi

Alkanlarning xalqaro nomenklatura bo'yicha nomlanishi. Izomeriyasi 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 6-mavzu Reja: 2 3 Sistematik nomenklatura. 1 Radikal bilan bog'langan uglerod Alkanlarni galogenli hosilalari Sistematik nomenklatura. Jeneva nomenklaturasi bo'yicha moddalardagi asosiy zanjir nomerlanib, radikal nomining oldiga ushbu radikalning asosiy zanjirdagi qaysi uglerod atomiga birikkanligini ko'rsatuvchi raqam qo'yiladi. 1960- yilda Nazariy va Amaliy kimyo xalqaro Ittifoqi (IUPAC - International Union of Pure Applied Chemistry) komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi nomenklatura e'lon qilindi. Uglevodorodlarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun quyidagi tartib va qoidalarga amal qilinadi: 1. Uglevodorod molekulasidagi eng ko'p tarmoqlangan va eng uzun zanjirni asosiy zanjir sifatida tanlab olinadi. 2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini zanjirga birikkan radikallar qaysi tomonga yaqin joylashgan bo'lsa o'sha tomondan raqamlanadi. 3. Radikal bilan bog'langan uglerod raqami va unga bog'langan radikal nomi yoziladi.(Masalan: 2-metil). Bu nomenklaturada Jeneva nomenklaturasi takomillashtirilgan, ya'ni u tartibga solingan va unga ayrim tuzatish hamda qo'shimchalar kiritilgan. 4. Asosiy zanjirga har xil radikallar bog'langan bo'lsa, radikallarni o'rni va nomi radikallarning bosh harfini e'tiborga olib alifbo tartibida aytib o'tiladi va oxirida asosiy zanjirni nomi aytiladi. Radikallar asosiy zanjirning ikki uchidan baravar uzoqlikda joylashgan bo'lsa, raqamlash uglerod soni kam radikallar joylashgan tomondan boshlanadi: Alkanlarni galogenli hosilalarini nomlash 3. Yonaki zanjirdagi radikallar yoki galogenlarni nomi ularni asosiy zanjirdagi ular bog'langan uglerodni tartib raqami ko'rsatilgan holda alifbo tartibida aytib o'tiladi va ohirida asosiy zanjirni nomi aytiladi. 1. Galogen asosiy uglerod zanjirida bo'lishi kerak. 2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini galogen yaqin tomondan raqamlab chiqiladi. Izomeriyasi. Umumiy formulasi bir xil bo'lib, tuzilishi (fizik va kimyoviy xossalari) har xil bo'lgan moddalar izomerlar deyiladi. Uglerod atomlari o'zaro birikkanda tarmoqlanmagan tuzilishdagi uglevodorodlarni normal (n) uglevodorodlar deyiladi. Tarmoqlangan zanjirli uglevodorod deb normal tuzilishdagi uglevodoroddagi vodorod atomlari o'rnini uglevodorod radikallari egallagan moddalarga aytiladi. Uglerod atomining soni oshgan sari, izomerlar soni ham ortib boradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.5 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.5 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga