Alkanlarning xossalari. Almashinish va parchalanish reaksiyalari mexanizmi. Oksidlanish reaksiyasi Reja 1. Alkanlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari. 2. Alkanlarning almashinish va parchalanish reaksiyalari va mexanizmi. 3.Oksidlanish reaksiyasi. 4. Alkanlarning sanoatda va xalq xo'jaligida ishlatilishi. Organik birikmalarning har bir sinfi ma'lum fizikaviy xossalar bilan xarakterlanadi. Bu xossalar molekulalarning tarkibi va tuzilishiga bog'liq bo'lib, gomologik qatorda ma'lum qonuniyat asosida o'zgaradi. Fizik xossalari. To'yingan uglevodorodlarning dastlabki vakillari gazsimon, C5H12 dan C16H34 gacha suyuqlik, С16H34 dan boshlab esa qattiq moddalardir. Ularning molekulyar massalari ortib borishi bilan qaynash va suyuqlanish haroratlari, zichligi, nur sindirish ko'rsatkichi ortib boradi. To'g'ri zanjir hosil qilib tuzilgan uglevodorodlar tarmoqlangan zanjir hosil qilib tuzilgan izomerlariga nisbatan yuqori haroratda qaynaydilar. To'yingan uglevodorodlar suvda juda kam eriydilar. To'yingan uglevodorodlardagi atomlar o'zaro -C-C bog'lanish hosil qilib birikkanlar. Ulardagi uglerod-uglerod orasidagi masofa 1,545 A0 (0,154 nm) ga teng. Qisqa zanjir hosil qilib tuzilgan to'yingan uglevodorodlarda -C-C bog'lanish aylinish (C atomi atrofida) xususiyatiga ega. To'yingan uglevodorodlar ultrabinafsha nurlanish to'lqinlarini 200 nm dan kichik sohalarda yutadilar. Infraqizil spektrlarda ular uchun 2800-300 sm-1 da -C-H bog'lanishning valent tebranishlari va 1380-1470 sm-1 da esa deformatsiya tebranishi xarakterlidir. YAMR-spektrlarida (yadro-magnit rezonansi) to'yingan uglevodorod-lardagi turli protonlar 0,5-2,0 m.d. o'rtasida yutilishni namoyon qiladilar. To'yingan uglevodorodlarning molekulyar massalari ortib borishi bilan ularning xossalari o'zgarib borishi dialektikaning miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga olib kelishi haqidagi qonunning yorqin dalilidir. Kimyoviy xossalari. To'yingan uglevodorodlar kimyoviy jihatdan deyarli inert birikmalar bo'lib, tegishli sharoit yaratilgandagina parchalanish va almashinish jarayonlariga kirisha oladilar. C-C orasidagi -bog'lanishni uzish uchun 3500 kJmol energiya talab qilinadi. C-H orasidagi bog'ni uzish uchun esa nisbatan katta 413 kJmol energiya sarf etish talab etiladi. Lekin, shunga qarmay ko'pchilik reaksiyalar C-H orasidagi bog'lanishning uzilishi, ya'ni vodorodning boshqa atom yoki atom gruppalariga almashinishi hisobiga sodir bo'ladi. C-C va C-H orasidagi bog'lanishni uzish uchun katta energiya sarf etilishini talab etganligi uchun ularni oddiy sharoitda faqat katalizatorlar ishtirokidagina uzish mumkin. Oddiy sharoitda to'yingan uglevodorodlarga konsentrlangan mineral kislotalar va oksidlovchilar ta'sir etmaydi (HNO3, H2SO4, KMnO4). Almashinish uchlamchi uglerod atomi tutgan uglevodorodlarda juda oson, ikkilamchi uglerod atomi tutgan uglevodorodlarda sekinroq, birlamchi uglerod atomi tutgan uglevodorodlarda qiyinchilik bilan boradi. Chunki uchlamchi uglerod atomi bilan bog'langan vodorodning uzilishi oson. Uning uzilishi uchun 372,6 kJmol energiya sarf etish kifoya. Buning natijasida nisbatan barqaror uglevodorod radikali hosil bo'ladi. Birlamchi uglerod atomi bilan bog'langan vodoroni uzish uchun 423 kJmol energiya sarf etish kerak. Almashinish reaksiyalari radikal yoki ion almashinish mexanizmi bilan sodir bo'lishi mumkin. To'yingan uglevodorodlarning muhim kimyoviy xossalariga misollar keltiramiz. Galogenlash. To'yingan uglevodorodlar galogenlar bilan yorug'lik ta'sirida reaksiyaga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.11 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.11 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: doc