Alkenlar izomerlanishi nomlanishi olish usullari

Alkenlar izomerlanishi nomlanishi olish usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Alkenlar izomerlanishi nomlanishi olish usullari - rasmi

Material tavsifi

Alkenlar izomerlanishi nomlanishi olish usullari Alkenlarni izomerlanshi, nomlanishi. Qo'sh bog'ni hosil qilish usullari: alkanlardan degidrogenlash, alkinlarni qisman gidrogenlash, spirtlarni degidratlash, to'rtlamchi ammoniy tuzlarini parchalash Molekulasida qo'sh bog' tutgan uglevodorodlarga alkenlar (olefinlar) deyiladi. Gomologik qatorning umumiy formulasi CnH2n. Gomologik qatorga quyidagilar misol bo'ladi: C2H4, C3H6, C4H8, C5H10, C6H12. Alkenlarning birinchi vakili etilendir. Yetilenning vodorodlarini alkil guruhlarga almashtirilsa, uning gomologik qatori hosil bo'ladi. M-n: etilen vodorodini metil radikaliga almashtirilsa metiletilen hosil bo'ladi. Metiletilenda uch xil vodorodlar bo'lib, ularni CH3 ga almashtirilsa uchta alken hosil bo'ladi: etiletilen CH3CH2CH=CH2, sim. dimetiletilen CH3CH=CHCH3, nosim. dimetiletilen (CH3)2С=CH2. Bu alkenlar bir-biriga izomerdir. Alken birikmalarni ratsional nomenklaturada nomlash uchun etilen asos qilib olinadi va radikallarning nomi qo'shib yoziladi. Alkenlarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun tegishli alkanning -an qo'shimchasi -en ga almashtiriladi. Alkenlarni nomlash uchun uzun zanjir tanlab olinadi va qo'sh bog' yaqin tomondan nomerlanadi: CH2=CH2 eten CH3CH=CH2 propen Alkenil radikallar quyidagicha nomlanadi: Alkenlarda uch xil izomeriya mavjud: 1.Zanjirdagi qo'sh bog'ning holatini o'zgarishi hisobiga izomerlar hosil bo'ladi: CH3CH2CH=CH2 , CH3CH=CHCH3 2.Zanjirni tarmoqlanishi hisobiga izomerlar hosil bo'ladi: CH3CH2CH=CH2, (CH3)2C=CH2 3.Qo'sh bog'ga nisbatan o'rinbosarlarning joylashishi hisobiga fazoviy izomerlar hosil bo'ladi: Tri- va tetra almashgan alkenlarni sis- va trans- izomerlarini belgilash uchun E, Z sistemadan foydalaniladi. Buning uchun qo'sh bog'li uglerod atomidagi o'rinbosarlarning katta kichikligi aniqlanadi, kattasi 1, kichkinasi 2 bilan belgilanadi. Agar katta o'rinbosarlar -bog' tekisligining bir tomonida bo'lsa Z (tsis-), ikki tomonida joylashgan bo'lsa YE (trans-) deb belgilanadi. Alken molekulasidagi o'rinbosarlarni katta kichikligi aniqlanadi. Radikallarning katta kichikligi quyidagi qatorda ortib boradi: -CH3-CH2CH3-CH2CH2CH3-CH2CH2CH2CH3-CH(CH3)2-S(CH3)3. Galogenlarning katta kichiklik qatori quyidagicha NFCl Br I. Shu qoidalarni hisobga olib alkenni quyidagicha nomlash mumkin: Olish usullari. 1.To'yingan uglevodorodlardan degidrogenlash orqali olish: 2.Spirtlarni degidratlash usuli bilan olish: Katalizator sifatida N2SO4, H3PO4 va Al2O3 ishlatish mumkin. Ikkilamchi butil spirtidan Al2O3 yordamida buten-2 olinadi: Reaksiya Zaytsev A.M. qoidasi bo'yicha ketib, vodorod vodorodi kam uglerod atomidan ketadi. 3.Molekulasida bitta uglerod atomi tutgan birikmalardan alkanlar, alkenlar va aromatik birikmalarni olish mumkin. Buning uchun seolit katalizatoridan foydalaniladi: Uglerod(II)- oksidini temir, kobalt, nikel katalizatorlari ishtirokida qaytarilsa alkanlar va alkenlarning aralashmasi hosil bo'ladi: Agar katalizator sifatida kobalt olinsa alkenning unumi 80 % ga yetadi. 4.Alkenlarni mono- yoki digalogenli birikmalardan ishqorning konsentrlangan yoki spirtdagi eritmasi ta'sirida olish mumkin: CH3CH2CH2CH2Br + NaOH CH3CH2CH=CH2 + NaBr + H2O Digalogenli birikmalardan rux metali yordamida qizdirish orqali alken olinadi: R-CHX-CHX-R + Zn R-CH=CH-R + ZnX2 5.To'rtlamchi ammoniy asoslaridan qizdirib alken olinadi: [(CH3CH2CH2)3N+-CH3]OH-CH3CH=CH2 + H2O + (CH3CH2CH2)2N-CH3 6.Diyen va alkinlarni selektiv katalizatorlar ishtirokida vodorod bilan qaytarib alken olinadi: 7.Neftni kreking qilishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.87 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.87 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga