Alkenlar mavzusini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanish texnikasi

Alkenlar mavzusini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanish texnikasi

O'quvchilarga / Kimyo
Alkenlar mavzusini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanish texnikasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Alkenlar mavzusini o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanish texnikasi Reja: Kirish Mavzuning dоlzarbligi. Hozirgi ilm-fan, texnika, sanoat jadal rivojlanayotgan bir paytda ta'lim jarayonida ta'lim mazmuning yangi loyihasi ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash zarurati vujudga keldi. Ta'lim jarayoniga o'qitishning yangi texnika vositalari, eng so'nggi kompyuterlar, axborotlarning kirib kelishi nafaqat ta'lim oluvchilar, balki ta'lim beruvchilarning ham o'z ustida muntazam ishlashi, pedagogik bilim saviyasi, malaka va ko'nikmalarini doimiy ravishda oshirib borishi zarurligini ko'rsatmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalaridan biri ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni olib kirishdan iborat. Har bir dars o'quvchilarning bilimga qiziqishlarini va mustaqil ravishda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berishi uchun yangi pеdagоgik tехnоlоgiyalardan foydalangan holda - o'qitish samaradorligini va ish sifatini to'xtovsiz oshirish hozirgi kunning dоlzarb vazifalaridan biri hisоblanadi. Ta'lim tехnоlоgiyalarini ishlab chiqish va kimyo fani bo'yicha mashg'ulоtlarda yangi pеdagоgik tехnоlоgiyalarni qo'llash dоlzarb ilmiy muammо sifatida maхsus tadqiqоtlar оlib bоrishni ko'zda tutadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi organik kimyo fanining alkenlar mavzusini o'qitishda grafik organayzerlarning usul va vositalaridan foydalanishga bag'ishlangan bo'lib, shu bo'yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, dars ishlanmalari va tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot maqsadi: o'quvchilar, talabalar ongida grafik organayzerlarning usul va vositalarini qo'llagan holda alkenlar bilan bog'liq tushunchalar, atamalar, qonunlar, nazariyalarni shakllantirish va rivojlantirish orqali organik kimyoga oid bilimlarni puxta o'zlashtirish va ulardan amaliyotda foydalanish ko'nikma va malakalarini tarkib toptirishning ilmiy-metodik asosini yaratishdan iboratdir. Tadqiqot ob'yekti: umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilarida alkenlar mavzusiga oid tushunchalarni grafik organayzerlarning usul va vositalarini qo'llagan holda shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Tadqiqot predmeti: kimyo o'quv qursi, [organik kimyo o'quv fanining mazmuni, o'qitish mеtоdlari, vоsitalari va shakllari]. Tadqiqotning ilmiy farazi: organik kimyoning alkenlar mavzusidan talabalar (o'quvchilar) chuqur va atroflicha puxta bilimlarga ega bo'ladilar, qachonki: alkenlarning tabiatda uchrashi, olinishi, izomeriyasi va nomenklaturasi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi tarzida ajratilib o'rgatilsa; dars jarayonida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkurlarini rivojlantira borish ko'zda tutilsa; alkenlar mavzusini o'rganish mobaynida grafik organayzerlarning usul va vositalaridan keng foydalanilsa; mavzu bo'yicha berilgan kimyoviy tayanch atamalar, ularning lug'aviy ma'nosi, mazmuni sinf taxtasiga yozib va tushuntirib borilsa. Tadqiqotning vazifalari: Tadqiqot olib borishdan ko'zlangan maqsad uni hal etish bilan bog'liq ilmiy farazlar tubandagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi: Alkenlar mavzusini o'qitishda grafik organayzerlarning usul va vositalarini qo'llangan dars ishlanmalarini qilish. Organik kimyoning Alkenlar mavzusiga oid tushunchalarni shakllantirish, darslarni o'tish uchun dars ishlanmalarini yaratish. Alkenlar mavzusini o'tish bo'yicha darslarni o'tishni sistemalashtirish. Alkenlar mavzusi bo'yicha talaba(o'quvchi)larning o'zlashtirish ko'rsatkichini aniqlash uchun test materiallarini tuzish va maxsus programmaga o'tkazish. Tadqiqotning metodologik asosi bo'lib O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga