Alkenlar va alkinlar Reja: 1. Alkenlarning nomlanishi, tuzilishi va bog'lanishi. Alkenlarning izomeriyasi 2. Alkenlarning olinishi 3. Kimyoviy xossalari 4. Alkinlarning nomlanishi va olinishi 5.Alkinlarning fizik va kimyoviy xossalari 1. Alkenlarning nomlanishi, tuzilishi va bog'lanishi. Alkenlarning izomeriyasi Molekulasida qo'sh bog' yoki uch bog' tutgan birikmalar to'yinmagan deb ataladi, chunki bunday bog'ni hosil qilgan atomlar nazariy jihatdan bir yoki bir necha o'rinbosarlarni biriktirishi mumkin. Uglerod-uglerod π - bog'ni mustahkamligi (~ 60 kkalmol) ugleroduglerod δ -bog'ga nisbatan (~ 80 kkalmol) kamroq bo'lgani sababli, ta'sir etayotgan reagent birinchi navbatda π - bog'ga (yo'naladi) hujum qiladi. Natijada π -bog' uzilib, ikkita yangi δ - bog' hosil bo'ladi. (sp2 - gibridlangan uglerodni har biri sp3 - ga gibridlanadi). Alkenlarni tizimli nomenkulatura bo'yicha nomlashda qo'sh bog' tutgan eng uzun zanjir asos qilib olinadi. Ushbu zanjirni atomalari qo'sh bog' yaqin turgan tomondan raqamlanadi. Zanjirni nomlashda tegishli alkan nomidagi an qo'shimcha o'rniga en qo'shimcha ishlatilinadi va raqam bilan qo'sh bog'ni o'rni ko'rsatiladi. CH2 = CH2 CH3CH = CH2 Eten Propen 1 2 3 4 6 5 4 3 2 1 CH2= CHCH2CH3 CH3CH2CH2CH=CHCH3 1-buten 2-geksen 5-metil-4-geksen-1-ol Qo'sh bog' tutgan funksional guruhlar trivial nom bilan quyidagicha ataladi. CH2 = CH − masalan, CH2= CH−Cl Vinil guruhi etilen xlorid, vinil xlorid CH2 = CHCH2 − CH2= CHCH2OH Allil guruhi allil spirt izopropenil guruhi izopropenil xlorid Oddiy alkenlarga izomeriyani 3 turi xos. Izomeriyani birinchi tur uglerod zanjiri o'zgarishi bilan bog'liq. Ikkinchi turi esa qo'shbog'ni zanjirdagi o'rni bilan bog'liq bo'lib bunda uglerod zanjiri o'zgarmaydi. Uchinchi turi esa fazoviy bo'lib bunda qo'shbog'ga nisbatan o'rinbosarlarni joylanishi bilan belgilanadi va uglerod zanjiri hamda qo'sh bog' o'rni o'zgarmaydi. sis-2-buten trans - 2 -buten «Sis- va trans-« izomerlarda atomlar yoki atomlar guruhlarining fazoda qanday joylashganligiga (geometriyasiga) bog'liq. Agar uglerod atomlaridagi vodorod atomlari tekislikning bir tomonida joylashgan bo'lsa, sis- izomer, qarama-qarshi tomonida joylashgan bo'lsa trans- izomer deyiladi. H H H CH3 C = C C = C CH3 CH3 CH3 H sis-buten-2 trans-buten-2 Alkenlarning birikish reaksiyalari barcha tirik organizmlarda va laboratoriyada keng tarqalgan. Asosan bunda 1,2-o'rin almashgan digaloid birikmalar juda muhim hisoblanishadi. 2. Alkenlarning olinishi Alkenlarning olinish usullari. 1. Neftni qayta ishlash vaqtida chiqadigan gazlardan olinadi. Laboratoriyada spirtlardan (harorat ostida) sulfat kislota ishtirokida olinadi: CH3−CH2OH + HOSO3H→CH3−CH2OSO3H + H2O CH3−CH2OSO3H→CH2 = CH2 + H2SO4 Sanoatda ham olefinlar spirtlardan suvni ajratib olish degidratlanish usuli bilan sintez qilinadi. Spirt alken suv Digaloid alkanlardan rux metalli ta'sirida olinadi: CH2Cl - CH2Cl + Zn → ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: docx