Alkenlar va ularning nomenklaturasi 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 11-mavzu Tarkibida bitta π bog' saqlagan ochiq zanjirli uglevodorodlarni etilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Bu qatorga kirgan har bir uglevodorod molekulasini tarkibida tegishli to'yingan uglevodorod tarkibidan ikkita vodorod atomiga kam bo'ladi. Alkenlarning umumiy formulasi CnH2n bo'lib, ularning birinchi vakili etilen hisoblanadi. Etilenning bir valentli radikali (CH2=CH-) vinil radikali deb ataladi. Nomenklaturasi. Alkenlarni sistematik nomenklatura muvofiq nomlashda tegishli alkan nomidagi -an qo'shimchasini -en yoki -ilen qo'shimchasiga almashtiriladi. Alkenlarni sistematik nomenklaturaga muvofiq nomlashda avval asosiy zanjir tanlanadi. Qo'shbog' asosiy zanjirda bo'lishi kerak. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlariga raqam qo'yish qo'shbog' tomondan yoki qo'shbog'ga yaqin tomondan bo'lishi kerak. Asosiy zanjir raqamlangandan keyin, alkanlarga o'xshab yonaki zanjirdagi radikallar alfavit bo'yicha aytiladi. Oxirida asosiy zanjir nomi va qo'shbog'ni o'rni raqam bilan ko'rsatiladi. Alkenlarni ratsional nomenklaturaga muvofiq nomlashda barcha alkenlar etilenning hosilasi deb qaraladi. Ya'ni, asos sifatida etilen olinadi. Alkenlarni galogenli hosilalarini nomlash Alkenlarni galogenli hosilalarini nomlash, alkenni nomlash kabi bo'lib, faqat galogenlarni nomi, galogen bog'langan asosiy zanjirdagi uglerod atomini raqami ko'rsatilgan holda alifbo tartibida yon zanjirdagi uglerod radikallari bilan bir qatorda aytib o'tiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.94 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: pptx