Alkenlar yoki Olefinlar Ularning umumiy formulasi- CnH2n. Etilen qatoridagi uglevodorodlar to'yingan uglevodorodlarga nisbatan vodorod sonining ikkitaga kamligi bilan faqr qiladi. To'yinmagan uglevodorodlar xam gamologik qatorga ega C2H4-etilen C3H6-propilen C4H8-butilen C5H10-amilen Nomenklaturasi:Alkenlarni rasional nomenklatura bo'yicha nomlaganda AN qo'shimchasi o'rniga ILEN qo'shimchasi qo'shib o'qiladi. Sistematik nomenklatura bo'yicha nomlangan to'yinmagan uglevodorodlar radikallari nomiga IL qo'shimchasi qo'shib o'qiladi. Izomeriyasi: Etilen qatori uglevodorodlarining izomerlari xuddi to'yingan uglevodorodlarnikiga o'xshashdir,ammo qo'shbog'ning joylashi shiga qarab izomerlar soni ko'proq bo'ladi.Eten va Propenda izomer bo'lmaydi Bundan tashqari etilen uglevodorodlarda,fazoviy izomerlar -sis -trans,izomerlar xam bo'lishi mumkin.Agar o'rinbosarlar qo'shbog'ga nisbatan bir tomonda bo'lsa -sis,agar o'rinbosarlar xar tomonda bo'lsa - trasn izomer deyiladi.Masalan Olinish usullari: Etilen,propilen va butilen sanoatda neftni qayta ishlash natijasida hosil bo'ladigan gazlardan olinadi. 1.Spirtlarni o'ziga suv tortob oluvchilar ishtirokida qizdirib olish mumkin. 2.Bug' fazali holatda xam spirtlardan to'yinmagan uglevodorodlar olish mumkin. 3.Monogalogenli uglevodorodlarga KOH yoki NaOH ning spirtli eritmasini ta'sir ettirib, olefinlarni olish mumkin. 4.Yonma- yon turgan uglerod atomlarida ikkita galogen atomi bo'lgan digalogenli uglevodorodlarga Zn yoki Mg lar ishtirokida qizdirilsa, alkenlar hosil bo'ladi. 5.Asetilen qatoridagi uglevodorodlarga Ni,Pt,Pd katalizatorlari ishtirokida vodorod ta'sir ettirib,alenlarni olish mumkin. 6.To'yingan uglevodorodlarni gaz holatida 300-400 C da qizdirilsa va xrom oksididan o'tkazilsa, alkenlar hosil bo'ladi. Fizik xossasi: Etilen,propilen,butilen oddiy sharoitda gaz, C5H10 dan C16H32 gacha suyuqlik, undan yuqorilari esa parafinga o'xshash qattiq moddalardir.Ular suvda erimaydi,lekin organik erituvchilarda yaxshi eriydi.Molekulyar massasi ortishi bilan ularning suyuqlanis qaynash temperaturalari va zichliklari ortib boradi. Kimyoviy xossalari: Etilen qatoridagi uglevodorodlarga birikisg, oksidlanish va polimerlanish reaksialari xos. 1.Alkenlar Ni metali katalizatorligida vodorodni biriktirib to'yingan uglevodorodni hosil qiladi. 2.Alkenlarga katalizatorlar (H2SO4,ZnCl2)ishtirokida suv ta'sir ettirilsa,spirt hosil bo'ladi. 3.Almuniy oksidi, katalizatorligida alkenlarni to'g'ridan- to'g'ri gidratlab spirt olish mumkin. 4.Alkanlarni alkenlar bilan alkillash reaksiyasi sanoatda katta ahamiyatga ega.Bu reaksiya kons.Sulfat kislota ishtirokida boradi natijada motor yoqilg'isining muhim komponenti sifatida izooktan olinadi. 5.Galogen vodorodlarning birikishi(Markovnikov qoidasi bo'yicha) 6.Bromli suv ta'sir ettirilsa alkenlar uni rangsizlantiradi. Oksidlanish reaksiyalari: Alkenlar oson oksidlanadi: kaliy permanganatning suvli eritmasi etilenni etilen glikolgacha oksidlaydi Kislorod va havoda alkenlar oq-sariq rangli ko'zni qamashtiruvchi alanga hosil qilib yonadi. Etilenni havodagi kislorod bilan kumush metali ishtirokida oksidlasak, etilen oksidi hosil bo'ladi. Ayrim vakillari: Etilen rangsiz xidsiz gaz bo'lib,asosan neftni kreking qilish jarayonida ajralib chiqadigan gazdan olinadi. Etilen meditsinada, qisman narkoz sifatida, qishloq xo'jaligida xom mevalarni yetishtirishda kimyo sanoatida etil spirti,stirol,polietilen va zaharli gaz iprit olishda ishlatiladi. Propilen rangsiz gaz. Sanoatda neftni qayta ishlash natijasida hosil bo'ladigan gazdan olinadi.Labaratoriya sharoitida propil spirti parinni 300-400 C da Alyuminiy oksiddan o'tkazish bilan olinadi. U asosan aseton, glitserin,izopropil spirti ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
187.74 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
187.74 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: pptx