Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari

Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 13-mavzu Fizik xossalari Etilen- rangsiz, hidsiz, havodan biroz yengil gaz. Suvda yomon eriydi. Propen va butenlar ham normal sharoitda gaz holatida bo'ladi. Butendan keyingi vakillari suyuqlik, yuqori vakillari esa qattiq moddalardir. Kimyoviy xossalari. Etilen va uning gomologlarini asosiy kimyoviy xossalari ularning qo'shbog'lari bilan bog'liq. Ular qo'shbog'ni uzilishi hisobiga oson reaksiyaga kirishadi. Ayniqsa, birikish reaksiyalari alkenlar uchun xarakterli hisoblanadi. 1. Gidrogenlash reaksiyasi. Alkenlar yuqori temperaturada katalizator ishtirokida qo'shbog'ni uzilishi hisobiga gidrogenlash reaksiyasiga kirishadi: CH2 CH2 + H2 CH3 CH3 2. Galogenlash reaksiyasi. Alkenlar qo'shbog'ni uzilishi hisobiga galogenlash reaksiyasiga ham kirishadi. Reaksiya mahsuloti sifatida alkanlarning dibromli birikmalari hosil bo'ladi: CH2 CH2 + Br2 CH2Br CH2Br 3. Etilen va uning gomologlari vodorod galogenidlarni ham biriktirib olishi mumkin: CH2 CH2+HBr CH3 CH2Br Propilendan boshlab vodorod galogenid birikishi biroz farq qiladi. Bunda reaksiya Markovnikov qoidasiga asosan boradi. 4. Alkenlar molekulasidagi qo'shbog' hisobiga oksidlanish reaksiyasiga oson kirishadi. Etilen kaliy permanganat ta'sirida neytral muhitda oksidlanganda ikki atomli spirt etilenglikol hosil bo'ladi Spirt etilenglikol 5. Etilen va propilen polimerlanish reaksiyalariga kirishadi. Polimerlanish - bu bir xil molekulalarning o'zaro birikib, yirik molekula polimerni hosil qilish reaksiyasidir. Etilenning polimerlanishini quyidagicha yozish mumkin : nCH2 CH2 (-CH2 CH2 )n polietilen n - polimerlanish darajasi. Bu yerda etilen monomer, polietilen polimer hisoblanadi. Ishlatilishi. Etilen va propilenni polimerlanish mahsulotlaridan texnika va turmushda foydalaniladigan polietilen va polipropilen olinadi. Polietilen Polipropilen ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.74 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.74 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga