10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 12-mavzu Alkenlarning izomeriyasi va olinishi Izomeriya. Alkenlarda 3 xil izomeriya uchraydi 1. To'yingan uglevodorodlardagi kabi uglerod zanjirini izomeriyasi mavjud. 2. Uglerod zanjiridagi qo'shbog'ning o'rniga bog'liq bo'lgan izomeriyaga qo'shbog'ning holat izomeriyasi deyiladi. 3. Alkenlarda yana o'ziga xos bo'lgan izomeriya turini uchratishimiz mumkin. Bizga ma'lumki, butan molekulasi modelini turli xil - to'g'ri va egri-bugri shaklda yasash mumkin. Ammo bu modellar turli moddalarni emas, balki bitta moddani ifodalaydi, chunki alkanlarda uglerod atomlari orasida qo'shbog' yo'q, radikallar erkin aylanadi va bunda bir shakl osonlik bilan boshqa shaklga o'tadi. Buten-2 molekulasining modelini biz ikki xil tasvirlashimiz mumkin. Ammo bu yerda qo'shbog' orqali birikkan uglerod atomlari erkin aylana olmaydi. Buten-2 Izomeriyaning bu turi bizga ma'lum bo'lgan izomeriya hodisalaridan farq qilib, atomlarning molekulada o'zaro turli ketma-ketlikda birikkanligida emas, balki ularning fazoviy konformatsiyasi har xil bo'lishidan kelib chiqadi. Bu geometrik izomeriya deb ataladi. Geometrik izomeriya Tarkibida uglerod atomlari o'rtasida qo'shbog'i bor bo'lgan uglevodorodlarda geometrik (sis-trans) izomeriyasi uchrashi mumkin. Biror moddani geometrik izomerlari bo'lishi uchun, qo'shbog' bilan bog'langan ikkala uglerod atomi ikki xil zarracha bilan bog'langan bo'lishi kerak. Shu sababga ko'ra buten-2 da sis va trans izomerlari bor. Biz buten-2 ni sis va trans izomerlarini osonroq tushunish uchun bu moddani etilenni hosilasi sifatida qaraymiz. Etilendagi ajratib ko'rsatilgan ikkita vodorod atomi metil radikallariga almashinishi natijasida buten-2 molekulasi hosil bo'ladi. Dastlabki moddani tarkibidagi vodorod atomlarini o'rniga almashayotgan har qanday zarracha (Cl, Br, J, CH3, C2H5 va boshqalar)ni o'rinbosarlar deyiladi. Penten-2 ni ham etilenni hosilasi deb qarasak bo'ladi va unda birinchiugleroddagi bitta vodorodni o'rnini metil radikali, ikkinchi ugleroddagi vodorodni etil radikali egallaydi. Agar, etilen molekulasidagi uchta yoki to'rtta vodorod atomini o'rnini har xil radikallar egallagan bo'lsa, sis- va trans-izomerlarni o'rniga Z va E izomerlar qo'llaniladi. (E-entgegen-qarama-qarshi; Z-zusammen-birga). ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.28 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.28 MB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: pptx