Alkinlar olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 15-mavzu Molekulasida uchbog' saqlagan to'yinmagan uglevodorodlarga alkinlar deyiladi. Alkinlar asetilen qatori uglevodorodlari deb ham ataladi. Alkinlarda uchbog' asosiy zanjirda bo'ladi va raqamlash aynan uchbog' yaqin tomondan boshlanadi. Alkinlar CnH2n-2 umumiy formulaga ega bo'lib, ularning birinchi vakili asetilen C2H2 hisoblanadi. Bu holatni propin va propadiyen molekulalaridan boshlab kuzatishimiz mumkin. Nomenklaturasi. Asetilen qatoridagi uglevodorodlar ratsional nomenklaturaga muvofiq nomlanganda radikal nomiga asetilen so'zi qo'shib aytiladi. Asetilen Sistematik nomenklaturaga muvofiq alkinlarning nomi ularga mos keladigan to'yingan uglevodorodlar nomidan olinib an o'rniga in qo'shimchasi ishlatiladi. Izomeriyasi. Asetilen qatori uglevodorodlarida zanjirni tarmoqlanishi va uchbog'ni joylashuvi bilan bog'liq izomeriya kuzatiladi. Masalan, umumiy formulasi C4H6 bo'lgan ikkita alkinni yozishimiz mumkin. Alkinlar va alkadiyenlarda umumiy formulasi bir xil, ya'ni CnH2n-2 bo'lganligi uchun ular sinflararo izomer hisoblanadi. Fizik xossalari. Asetilen havodan yengilroq gaz, suvda kam eriydi. Toza holda deyarli hidsiz. Alkinlarning nisbiy molekulyar massasi ortgan sari, ularning qaynash harorati ham ortib boradi. Kimyoviy xossalari. 1. Gidratlash reaksiyasi. M.G.Kucherov asetilenga katalizator ishtirokida suv ta'sir ettirib sirka aldegidni hosil qilgan. 2. N.D.Zelinskiy asetilenni yuqori temperaturada aktivlangan ko'mir ustidan o'tkazib benzolni hosil qilgan. 3. Alkinlar ham barcha uglevodorodlar singari yonadi. Yonish mahsuloti sifatida suv va karbonat angidrid hosil bo'ladi : CnH2n-2 + (1,5n-0,5)O2 nCO2 + (n-1)H2O C3H4 + 4O2 3CO2 + 2H2O C5H8 + 7O2 5CO2 + 4H2O Ishlatilishi. Asetilen organik sintez mahsulotlarini olishda dastlabki homashyo sifatida keng qo'llaniladi. Asetilen kislorodda yondirilganda temperatura 300C gacha ko'tariladi. Bu holatdan metallarni payvandlash va kesishda foydalaniladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:21 ]
Arxiv ichida: pptx