Alkinlarning olinishi, kimyoviy va fizik xossalari. Ishlatilishi va muhim xossalari. Reja: Nomenklaturasi va izomeriyasi Olinish usullari Fizikaviy xossalari va tuzilishi Kimyoviy xossalari Muhim vakillari Alkinlar Molekulasida bitta CC uch bog'I bor to'yinmagan uglevodorodlarga alkinlar (atsetilenuglevodorodlar) deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n-2 bo'lib, gomologik qatori atsetilendan boshlanadi. Alkinlar diyenlarga izomer hisoblanadi. Nomenklaturasi va izomeriyasi Ayrim alkinlarning trivial nomlari hozir ham ishlatiladi. Masalan, H-CC-H atsetilen. Ratsional nomenklaturaga ko'ra oddiy alkinlar atsetilenning hosilalari deb qaraladi. Sistematik nomenklaturaga ko'ra atsetilen uglevodorodlarga alkinlar deyiladi. Ularning nomlari tegishli alkanlar nomidagi an qo'shimchasini in ga almashtirish bilan hosil qilinadi. Uch bog'I bor zanjir asosiy hisoblanadi va uni raqamlash uch bog' chetga yaqin tomondan boshlanadi. Qo'shbog' va uchbog' zanjir chetidan baravar uzoqlikda joylashgan bo'lsa, raqamlash qo'shbog 'yaqin tomondan boshlanadi: 1-butin(S), 4-metil-2-butin (S), etilatsetilen(R) izopropilmetil atsetilen (R) Uch bog'I va yoki -OH singari funksional guruhi bor birikmalar quyidagicha raqamlanadi va nomlanadi: 3-butin-1-ol 3-metil-4-pentinal Uch bog' zanjirning chetida joylashgan bo'lsa, terminal yoki 1-alkinlar, chetda bo'lmasa ichkialkinlar deyiladi. Alkinlarning bir valentli radikallari (alkinillar )quyidagicha nomlanadi: etinil propinil-2 (propargil) butinil-2 Alkinlarda tuzilish izomeriyasining ikki turi (uglerod skeletining izomeriyasi va uchbog'ning holat izomeriyasi) uchraydi. Masalan, C5H8 - propil atsetilenning uchta izomeri (1-pentin, 2-pentinva 3-metil-1-butin) bor. Bu izomerlarning tuzilish formulalarini o'zingiz yozing. Olinish usullari Atsetilen va uning gomologlari tabiatda erkin holda uchramaydi. Ular quyidagi sintetik usullar bilan olinadi: A.Sanoat usullari 1. Karbid usuli. Kalsiy karbidga suv ta'sir ettirilganda atsetilen hosil bo'ladi (F.Vyoler, 1862-yil) Kalsiy karbid so'ndirilmagan ohakni ko'mir bilan qizdirib olinadi: 2.Uglevodorodlarning pirolizi. Etilenni, metanni va etanni juda yuqori haroratda piroliz qilib atsetilen olinadi: Bunday yuqori haroratd ahosil bo'lgan atsetilen ham parchalanishi mumkin: Shuning uchun etilen, etan va metan yuqori harorat zonasidan tez o'tkaziladi. Shunday qilinganda atsetilen parchalanishga ulgurmaydi. B. Laboratoriya usullari 1.Vitsinal va geminal digalogenalkanlarni KOH ning spirtdagi eritmasi yoki yaxshi sisuyuq ammiakdagi NaNH2 bilan degidrogalogenlash: 2.Atsetilen gomologlari atsetilenidlar (atsetilenning metalli hosilalari) ni alkillash bilan olinadi: Natriyatsetilenidi Bu reaksiya yordamida CC uch bog'I bor uglerod zanjirini uzaytirish mumkin.1-alkinlar PdCl2 ishtirokida galogenalkanlar bilan reaksiyaga kirishganda ham uglerod zanjiri uzaygan ichkialkinlar hosil bo'ladi. Fizikaviy xossalari va tuzilishi Etin, propin va butinlar odatdagi sharoitda gaz, C5H8dan C15H28 gacha bo'lgani suyuqlik, C16H30dan boshlab yuqori gomologlari qattiq moddalardir. Alkinlarning qaynash va suyuqlanish haroratlari hamda zichligining o'zgarish qonuniyatlari alkanlar va alkenlarning gomologik qatorlari o'zgarishiga o'xshaydi (7-jadval). 7-jadval Ayrimalkinlarningfizikaviydoimiyliklari Alkinlar suvda erimaydi, ligroin, efir, benzol, tetraxlormetan singari erituvchilarda yaxshi eriydi. Atsetilen molekulasidagi CC uchbog'ining energiyasi 810 kJmol bo'lib, uzunligi 0,121 nm, CH bog'larining uzunligi esa 0,106 nm gateng: Endi etan, etilen ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
375.13 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
375.13 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:22 ]
Arxiv ichida: docx