Alyuminiy oksidini tayyorlash

Alyuminiy oksidini tayyorlash

O'quvchilarga / Kimyo
Alyuminiy oksidini tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Alyuminiy oksidini tayyorlash Reja: 1. Alyuminiy oksidini turlari. 2. Faol alyuminiy oksidini ishlatilishi 3. γ-Al2O3 olinish texnologiyasi Alyuminiy oksidlarining bir necha turlari bo'lib, biz bu yerda eng asosiylari bilan tanishib chiqamiz. Korund - Al2O3. Korund alyuminiy oksidining eng turg'un shakli bo'lib, u 99% Al2O3 dan iborat. Uning tarkibida titan va kremniy oksidlarining ozgina qoldig'i bo'ladi. - Al2O3 alyuminiy gidroksidini 1200S darajagacha qizdirib olinadi. 200S gacha qizdirilganda, yani erish haroratigacha ko'tarilganda ham alyuminiy oksidi o'zgarishsiz qoladi. Korund-mexanik mustahkam, issiq o'tkazuvchi yoyuvchi bo'lib, kislota va ishqorlar ta'siriga chidamli. Uning g'ovakligi 5-20% ni tashkil etadi, solishtirma yuzasi esa - 1 m2g atrofida bo'ladi. Faol (aktiv) alyuminiy oksidi ( Al2O3) Alyuminiy oksidining bu shakli neftni qayta ishlash sanoatida keng qo'llaniladi, ayniqsa riforming, gidrotozalash, gidrokreking jarayonlarida ishlatiladigan katalizatorlarning 80-99% ini - Al2O3 tashkil etadi. Faol alyuminiy oksidini olish uchun alyuminiy gidroksidni 500S da qizdirib (gibbsitning, baeritning, nordstranditning) uchgidratli yoki (diasporning, kristallangan bemitning, psevdobemitning) monogidratli shakllarini olish mumkin. Alyuminiy gidroksidga berilayotgan termik ishlov sharoitiga qarab, hosil bo'layotgan oksidning yuzasi, g'ovakligi, hajmi va o'lchamlari, undagi qoldiq suv va ishqoriy yer metallarining miqdori o'zgaradi. - Al2O3 korundga nisbatan ancha mexanik jihatdan bo'shroq, oddiy material bo'lib, g'ovak hajmi 50-70% ni, solishtirma yuzasi 120-150 m2g ni tashkil etadi. Al2O3 olish texnologiyasi alyuminiy gidroksidning glinozem gidratini qayta cho'ktirib olishga asoslangan. Qayta cho'ktirishning asosiy jarayoni glinozemni sulfat kislotasi yoki nitrat kislotasida eritib (yoki ishqorlarda), keyin neytrallab (kislota yoki ishqor bilan) olinadi. Qayta cho'ktirish jarayoni o'rta tuz hosil bo'lish reaksiyasi bilan boradi. 2AI(OH)3+3H2SO4 Al2(SO4)3 + 6H20 Al2(SO4)3 + 6NaOH 2Al(OH)3 + 3Na2 SO4 Cho'kindi psevdobemit tuzilishiga ega bo'ladi. Qayta cho'ktirish jarayonida juda ko'p miqdorda kislota yoki ishqor (2-4 t ishqor yoki kislota I t alyuminiy oksidiga to'g'ri keladi) sarf bo'lib, amalda regeneratsiya qilinmaydigan qoldiq (eritma)ning hosil bo'lishiga olib keladi. Cho'kmani filtrlab, undan keyin yuviladi. Nam holdagi pastani (hamirni) shaklga solib olingan granulalarning mustahkamligi kam bo'ladi. Shuning uchun pastani quritib, maydalab, undan keyin tabletkalanadi. Bunda mustahkam (qattiq) tabletkalar olinadi. Toblangan -Al2O3 quyidagi 19-rasmda keltirilgan. Ishqoriy usulda - Al2O3ni cho'ktirishni «sovuq» 20-250S da va «issiq» 90-950S haroratlarda, ikki xil modifikatsiyasi olinadi. Cho'ktirish rN=9,3 - 9,5 da olib boriladi. Bunday usul bilan -Al2O3 ni olish chizmasi 20-rasmda keltirilgan. Bu usullar bilan olingan alyuminiy oksidlari birga aralashtiriladi. Bunda hosil bo'lgan cho'kma yaxshi filtrlanadi, yuviladi va undan olingan tabletkaning mexanik mustahkamligi yuqori bo'lishiga erishiladi, to'kiluvchan zichligi - 0,5 - 0,65 gsm3 ga teng bo'ladi. Hozirda - Al2O3 ning sferoidal shakli ishlab chiqilgan. Bu holatda yuvilgan psevdobemit cho'kmasi azot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.33 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.33 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga