Alyuminiy 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 25-mavzu Reja: 2 3 4 Atom tuzilishi 1 Tabiatda tarqalishi Kimyoviy xossalari Fizik xossalari Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Kimyoviy belgisi-Al. Nisbiy atom massasi 26,9815 ga teng. Alyuminiy pelementlar oilasiga kiradi. Alyuminiy davriy sistemaning II guruhi bosh guruhchasida 13-tartib raqami bilan joylashgan. Atom tuzilishi Alyuminiyning tashqi elektron pog'onasida uchta elektron bor. Kimyoviy reaksiyalarda uchta elektronini berib, alyuminiy +3 zaryadlangan ionga aylanadi. Barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tabiatda tarqalishi Alyuminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, Yer qobig'idagi massa ulushi 7,45% ni tashkil etadi. Al Al Alyumosilikatlar - anion sifatida tarkibiga alyuminiy va kremniy, kationlar sifatida tarkibiga ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kiradigan tuzlardir. Alyumosilikatlarga dala shpatlari K2O . Al2O3 . 6SiO2 yoki K(AlSi3O8), slyudalar K2O . 2H2O . 3Al2O3 . 6SiO2 yoki KAl2(AlSi3O10)(OH)2 kiradi. Alyumosilikatlarning nurashi natijasida gillar hosil bo'ladi Alyuminiy muskul to'qimasida 0,07-2,8 10-4 %, ilikda (4-27) . 10-4 %, qonda 0,39 mgl miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 2,45 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 61 mg miqdorda bo'ladi. Olinishi. Alyuminiy elektrotermik usulda olinadi. Bunda suyuqlantirilgan kriolitda (Na3AlF6) erigan alyuminiy oksid elektrolit bo'ladi. Sanoatda ishlatiladigan elektrolizyor po'latdan tayyorlangan bo'lib, uning ichi ko'mir bilan qoplangan, ko'mir qatlami manfiy qutbga ulanib, katod vazifasini bajaradi. Fizik xossalari. Alyuminiy - kumushsimon oq rangli, qattiq metall. Alyuminiy yaxshi bolg'alanadi, undan sim tortish oson, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2 698 kgm3; izotop soni 11 (22→31); Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda alyuminiy havoda o'zgarmaydi, chunki u havoda tez oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi: 4Al + 3O2 → 2Al2O3 Alyuminiy ko'pchilik metallarning oksidlari bilan ham ta'sirlashadi. Agar alyuminiy va temir (II, II)-oksidlarni aralashtirib, cho'g'lanib turgan sim tekkizilsa, juda shiddatli ekzotermik reaksiya sodir bo'ladi: 8Al + 3Fe3O4 → 4Al2O3 + 9Fe + 3 300 kJ Ishlatilishi. Alyuminiy va uning qotishmalari yengilligi va havo, namlik ta'siriga chidamli bo'lganligi uchun xalq xo'jaligida keng ishlatiladi. Masalan, dyuralyuminiy (95% Al, 4% Cu, 0,5% Mg, 0,5% Mn) po'lat kabi mustahkam, lekin undan uch barobar yengil. Alyuminiy qotishmalari raketa, aviatsiya, kemasozlik, temiryo'l transporti, qurilish, asbobsozlikda ishlatiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:22 ]
Arxiv ichida: pptx