Aminlar. Geterohalqali birikmalar

Aminlar. Geterohalqali birikmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Aminlar. Geterohalqali birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Aminlar. Geterohalqali birikmalar Reja 1.Aminlarni tuzilishi, nomlanishi va olish usullari. 2. Aminlarni xossalari.Diaminlar. 3.Aromatik aminlar olish va aromatik aminlarning kimyoviy xossalari 4.Geterohalqali birikmalar. Aminlar tuzilishi va olish usullari Aminlar-ammiak tarkibidagi vodorod atomlarini uglevodorod qoldiqlariga almashtirish natijasida hosil bo'ladigan moddalardir.Aminlar xuddi spirtlar va efirlar suvning organik hosilalari bo'lgani kabi ammiakning organik hosilalaridir. Ammiakdagi kabi aminlarda ham tarkibida qo'sh elektron tutgan azot mavjud bo'lib, bu aminlarning nukleofil hamda asosli xossaga ega bo'lishini ta'minlaydi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, aminlarning kimyoviy xossasi asosan shu qo'sh elektronning mavjudligiga bog'liq bo'ladi Aminlar tirik organizmda keng tarqalgan. Masalan trimetiamin: hayvon to'qimalarida mavjud bo'lib, o'ziga hos baliq xidini beradi, nikotin tamakidan topilgan, stimulyator sifatida ishlatiluvchi kokain esa janubiy Amerikada o'suvchi koka butasidan topilgan. Yana aminokislotalar oqsillar qurilishi uchun xuddi qurilish g'ishtlar kabi, va siklik aminlar esa nuklein kislotalarning tarkibiy qismi hisoblanadi Aminlarning nomlanishi Tuzilishiga ko'ra:birlamchi RNH2, ikkilamchi RNHR, uchlamchi R1NR2R3. R1, R2 yoki R3 -metil, etil, propil va h.k yoki to'yinmagan uglevodorod qoldig'i-allil- CH2CH-CH2-NH2 -allilamin. Difenilamin Trietilamin Aminlar quyidagi usullar bilan olinadi: 1.Ammiakni galoidalkillar yoki spirtlar bilan alkillash: Galogalkanlarning ammiak bilan reaksiyasi natijasida ikkilamchi, uchlamchi aminlar va to'rtlamchi ammoniy tuzlarining aralashmasi hosil bo'ladi. 2.Nitrillarni, nitrobirikmalarni va oksimlarni qaytarib olish: 4. Goffman qayta guruhlanishi yordamida olish: Aminlarning xossalari. Diaminlar Aminlar ammiakka o'xshagan, asosli xossaga ega bo'lgan moddalar bo'lib, ammiakka nisbatan zaharliroqdir. Quyidagi kimyoviy reaksiyalar uning asos ekanini, ammiakka o'xshashligini ko'rsatadi; SH3NH2  H2O  CH3NH3OH CH3NH2  HCl  CH3NH4CI- ( CH3)4NCI-  AgOH  (CH3)4NOH- +AgCI : Aminobirikmalarning ammiakka o'xshab asosli xossa namoyon qilishi ularning tarkibidagi azot atomida taqsimlanmagan elektron juftning mavjudligidir: Uchlamchi aminlar vodorod peroksidi bilan oksidlanganda uchlamchi aminlarning oksidlari hosil bo'ladi: R3N  H2O2  R3NO  H2O Aminlarning kimyoviy xossalari 1.Atsillash reaksiyalari. Ikkilamchi aminlar kuchsiz kislota xossasini namoyon etadi. Diaminlar - tarkibida 2 ta aminoguruh tutgan birikmalardir. Ammo 2 ta aminoguruh turli uglerod atomlarida joylashgan bo'lgandagina diaminlar qarorli bo'ladi. 1 ta uglerod atomi 2 ta aminoguruhni tutib turaolmaydi. Diaminlarga misollar; NH2-CH2-CH2-NH2 etilendiamin, 1,2-diaminoetan H2N-(CH2)6-NH2 geksametilendiamin Ular digalogenalkanlarga ammiak ta'sir ettirib olinadi: CI-CH2-CH2-CI  4NH3  NH2-CH2-CH2-NH2 2NH4CI Diaminlar-dinitrillarni yoki dioksimlarni qaytarib olinishi ham mumkin. Diaminlar birlamchi monoaminlarga o'xshab kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Bunda ular bitta yoki ikkala aminoguruh hisobiga reaksiyaga kirishishi mumkin: Ular poliamid tolalar olishda ishlatiladi. Aromatik aminlar olish va aromatik aminlarning kimyoviy xossalari. Aromatik yadrosining vodorod atomi o'rnida NH2 guruhi tutgan birikmalar aromatik aminlar deb ataladi. Eng sodda aromatik aminga anilin deb ataladi. Aminlarni olish usullari. Aromatik aminlarni olishni birinchi bo'lib N.N. Zinin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 712.55 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 712.55 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga