Aminokislotalar

Aminokislotalar

O'quvchilarga / Kimyo
Aminokislotalar - rasmi

Material tavsifi

Aminokislotalar Aminokislotalarning turlari, aminokislotalarning tuzilishi, -aminokislotalar va oqsillar, almashtirib bo'lmaydigan -aminokislotalar, oqsillarning tuzilishi, xossalari va ahamiyati Aminokislotalar-molekulasi tarkibida ham amino-(NH2), ham karboqsil -(SOON) guruhi bo'lgan moddalardir. Oqsillar esa turli xil -aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan yuqorimolekulyar polipeptid birikmalardir. Oqsillar tirik hayotning asosi bo'lib murakkab tuzilishga egadir. Aminokislotalar tarkibidagi 2 ta funksional guruhning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab -, - va -ami­no­kislotalar bo'ladi. M-n: Aminokislotalar tarkibida asimmetrik uglerod atomi bo'lganligi uchun ularga ham optik izomeriya xosdir. Ular ham qutblangan nurni o'ngga (Q) yoki chapga (-) buradi. D va L qatorlarga bo'linadi. Oqsil tarkibiga kiruvchi -aminokislotalar o'ziga xos nomlarga ega. M-n: NH2-CH2-COOH glikokol, glitsin Aminokislotalar ham aminlarning, ham karbon kislotalarning xossalariga ega. Ular odatda, ichki tuz shaklida bo'ladi va shuning uchun suvda eruvchan, kristall moddalardir. 2-amino-4-metiltiobutan kislota 2-amino-3-gidroksibutan kislota 2-amino-3-metilbutan kislota 2-amino-4-metilpentan kislota 2-amino-3-metilpentan kislota 2,6-diaminogeksan kislota 2-amino-3-fenilpropan kislota 2-amino-3-(3-indolil) propan kislota Aminokislotalarni olish usullari ham aminobirikmalar va karbon kislotalarni olish usullariga o'xshash. M-n -aminokislotalarni -galogenkislotalardan va aldegidlardan quyidagi reaksiyalar yordamida olish mumkin: -Aminokapron kislotasi kaprolaktamni gidroliz qilib olinadi: -Aminokislotalar to'yinmagan kislotalarga ammiak biriktirib olinadi: -, -va -aminokislotalar bir-biridan qizdirish vaqtida qanday moddalarga aylanishi bilan farq qiladi. Bunda -aminokislotalar diketopiperazinlar, - aminokislotalar -to'yinmagan kislotalar va -aminokislotalar esa laktamlar hosil qiladi: -Aminokislotalar qizdirilganda ochiq zanjirli oligopeptidlar yoki polipeptidlar hosil bo'lishi mumkin. Umuman, aminokislotalar amfoter birikmalar bo'lib, asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Ular aminoguruh hisobiga va karboqsil guruh hisobiga alohida reaksiyalarga kirishadi. M-n, nitrit kislota ta'sirida -aminokislotalar diazobirikmalarga aylanadi. Odatda bu reaksiyada aminokislota efiridan foydalaniladi: Izomeriyasi. Funksional guruhlarning bir-biriga nisbatan joylashgan o'rniga va tarmoqlangan-tarmoqlanmaganligiga bog'liq: Olinishi. Kislotalarning galoidli hosilalariga ammiak ta'sir ettirib olinadi: Fizikaviy xossalari. Aminokislotalar kristall moddalar bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Suvda amino guruh va karboqsil guruh hisobiga bipolyar ionlar hosil qiladi: Kimyoviy xosslari. Aminokislotalar bir vaqtning o'zida ham asos, ham kislota xossasini namoyon qiladi. Kislotalar ta'sirida ham, ishqorlar ta'sirida ham tuz hosil qiladi. Boshqa organik kislotalar singari efir, tuz, amid, nitril va boshqa birikmalarni hosil qiladi. Aminokislotalar mis (II)-gidroksid bilan ichki kompleks tuz hosil qiladi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 156.2 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 156.2 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga