Aminokislotalarning dekarboqsillanishi va biogen aminlarning hosil bo'lishi. Almashinadigan aminokislotalar va tarkibida azot saqlovchi oqsil bo'lmagan birikmalarning hosil bo'lishi Reja: 1. Aminokislotalarning dekarboqsillanishi va biogen aminlarning hosil bo'lishi. 2. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi. 3. Kreatinning sintezi va parchalanishi. 4. Gistamin, serotonin hosil bo'lishi va ahamiyati. 5. Gamma-aminomoy kislota va uning nerv impulslarini o'tkazishdagi ahamiyati. 1. Aminokislotalarning dekarboqsillanishi va biogen aminlarning hosil bo'lishi. Aminokislotalar karboqsil guruhining CO2 ko'rinishida ajralish jarayoniga dekarboqsillanish, ushbu jarayon natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlar yuqori biologik faollikka ega bo'lib, biogen aminlar deyiladi. To'qimalarda quyidagi aminokislotalar va ularning unumlari dekarboqsillanishga uchraydi: tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin, serin, gistidin, glutamat va γ- oksiglutamat, 3,4-oksifenilalanin, sistein, arginin, ornitin, S-adenozilmetionin va α-aminomalonatlar. Aminokislotalarning dekarboqsillanish reaksiyalari qaytmas reaksiyalardir; ularni maxsus fermentlar dekarboqsilazalar katalizlaydi, kofermenti transaminazalar singari piridoksalfosfatdir: dekarboqsilaza R - CH - COOH R - CH2 - NH2 + CO2 (PALF) NH2 aminokislota biogen amin Dekarboqsillanish mahsuloti aminlar hisoblanadi, ular yuqori biologik faollikka ega bo'lgani uchun biogen aminlar deb ataladi. Ko'pchilik mediatorlar bu guruh birikmalariga kiradi. Biogen aminlarning zararsizlantirish yo'llaridan biri - ularning aminooksidazalar ishtirokida oksidlanishli dezaminlanishi hisoblanadi: O R - CH2 - NH2 + O2 + H2O aminooksidaza R - C + NH3 + H2O2 H Aminooksidazalar ikki turda bo'ladi: monoaminooksidaza (MAO) va diaminooksidaza (DAO). Monoaminooksidazalarning kofermenti FAD, diaminooksidazalarning kofermenti esa - piridoksalfosfat (reaksiya uchun Cu2+ ionlari zarur). MAO hujayra mitoxondriyasi bilan bog'liq, DAO esa sitoplazmada joylashgan. Bu fermentlar kam miqdorda qonda ham bo'ladi. MAO birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarni; DAO esa gistamin, putrestsin, kadaverin va kam darajada alifatik aminlarni faolsizlantiradi. Biogen aminlarning dezaminlanish mahsulotlari - aldegidlar aldegiddegidrogenazalar yordamida organik kislotalargacha oksidlanadi: O R - C + HAD∙H + H+ + H2O R - COOH + NAD+ H 2. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi. Sut emizuvchi hayvon va inson to'qimalarida faqat almashinadigan aminokislotalar sintezlanishi mumkin, almashinmaydiganlari esa ovqat bilan birga kiradi. Almashinadigan aminokislotalar biosintezi uglevodlar parchalanishining oraliq mahsulotlari, Krebs sikli metabolitlari va almashinmaydigan moddalar asosida amalga oshadi. 1. Almashinadigan aminokislotalarning uglevodlar parchalanishi mahsulotlaridan hosil bo'lishi. Bunda piruvat, 3-fosfoglitserat va ribozo-5-fosfat aminokislotalar sintezi uchun manba hisoblanadi. Piruvat va 3-fosfoglitserat - glikolizning metabolitlari, ribozo-5-fosfat - pentozofosfatli siklning metaboliti. Piruvatdan alanin ikki xil usulda hosil bo'ladi: 1) alaninaminotransferaza ishtirokida transaminlanish: ALT Piruvat + glutamat Alanin + 2-oksoglutarat 2) alanindegidrogenaza (ALDG) ishtirokida qaytarilishli aminlanish: ALDG Piruvat + NH3 + NAD∙H + H++ H20 Alanin + NAD+ 3-fosfoglitseratdan serin, serindan esa glitsin hosil bo'ladi. Shu sababli 3-fosfoglitserat serin va glitsinning umumiy o'tmishdoshi hisoblanadi: 3-fosfoglitserat → 3-fosfoserin → serin → serin + TGFK(tetragidrofolat ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.03 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.03 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: doc