Aminokislotalarning tuzilishi va optik xossalari Subtitle here Reja: Aminokislotalarning umumiy xossalari Oqsillarning tarkibiga kiradigan aminokislotalar oq kristall moddalar bo'lib, odatdagi haroratda, qattiq holatda turg'undir. Suvli eritmalarda aminokislotalarda 100-200°C da qisqa muddatda qizdirilganda buzilmaydi, ammo kislota yoki ishqor ishtirokida oqsillar gidrolizlanganda bir qator aminokislotalar buzilib ketadi. Aminokislotalar suvda turli darajada eriydi. Sistin va tirozin eng kam, prolin va oksiprolin esa juda yaxshi eriydigan aminokislotalardir. Aminokislotalarning ko'pchiligi mutlaq spirtda juda kam eriydi. Aminokislotalarning qo'sh qutbli bo'lishlari ularning fizik-kimyoviy xossalariga ta'sir qiladi, xususan, aksari aminokislotalarning suvda yaxshi erib, organik eritmalarda kuchsiz erishi ularning mana shunday ionlanishiga bog'liq. Aminokislotalar o'zlarining amfoterlik tabiatlariga binoan muhitning pH iga qarab anion, kation yoki elektroneytral bipolyar ionlar shaklida bo'ladilar: kuchli kislotali eritmalarda aminokislotalar musbat ionlar (elektr maydonida katodga tomon harakatlanadi), ishqoriy eritmalarda manfiy ionlar shaklida (elektr maydonida anodga tomon harakatlanadi) bo'ladi. Odam organizmi va hayvonlardagi hujayra va hujayralararo suyuqlikda muhit pH i neytralga yaqin bo'ladi, shuning uchun ishqoriy aminokislotalar (lizin, arginin) musbat zaryad (kationlar), kislotali aminokislotalar (asparagin va glutamin kislotalar) manfiy zaryad(anion)ga, qolgan aminokislotalar esa dipol ko'rinishiga ega bo'ladi. Aminokislotalar elektrokimyoviy xossalariga ko'ra ularning tarkibidagi ishqoriy va kislotali guruhlarning nisbati va qutbli guruhlarning mavjudligiga qarab kislotali, ishqoriy va neytral; qutbli va qutblanmagan aminokislotalar guruhiga bo'lish ham mumkin. Kislotali aminokislotalarga yon zanjirida qo'shimcha karboqsil guruhi bo'lib, kislotalik xususiyatini ta'minlaydigan aminokislotalar kiradi: aspartat kislota, glutamin kislota, tirozin, sistein. Ishqoriy aminokislotalarga arginin, lizin, gistidin kirib, ular qo'shimcha aminoguruh, guanidin va imidazolli bo'lib, bular aminokislotada ishqoriy xususiyatni namoyon qiladi. Aminokislotalar biologik yoki fiziologik ahamiyati bo'yicha ham 3 guruhga bo'linadi: 1. Almashinmaydigan 2. Yarim almashinadigan 3. Almashinadigan Almashinmaydigan aminokislotalar organizmda boshqa moddalardan sintezlanmaydi, shuning uchun ular doimo ovqat bilan birga tashqaridan kirib turishi kerak. Umuman almashinmaydigan aminokislotalar soni 8 ta: valin, leysin, izoleysin, treonin, lizin, metionin, fenilalanin, triptofan. Yarim almashinadigan aminokislotalar organizmda hosil bo'ladi, lekin yetarli miqdorda bo'lmaydi, shu sababli qisman ovqat bilan birga kirishi kerak. Bunday aminokislotalarga arginin, tirozin, gistidin kiradi. Almashinadigan aminokislotalar organizmda almashinmaydigan aminokislotalar yoki boshqa moddalardan yetarli miqdorda hosil bo'ladi. Agar shu aminokislotalar sintezlanadigan moddalar oziq yordamida chetdan kirib tursa, organizm bu kislotalarsiz uzoq vaqt yashashi mumkin. Almashinadigan aminokislotalarga qolgan barcha aminokislotalar kiradi. Deyarli hamma aminokislotalar optik faoliyatga ega, ya'ni qutblangan nur sathini burish qobiliyatiga ega (faqat glisin bu qatorga kirmaydi). Bu xususiyat ularning alfa-uglerod atomi to'rtta valentligi bilan to'rt xil guruhga bog'langanidan kelib chiqadi. Bunday tuzilishdagi molekula xirallik xususiyatiga ega, ya'ni unda simmetriya markazi va simmetrik sath bo'lmaydi. Xirallikka ega birikma tuzilishi bo'yicha bir-birini oynadagi aksini ifodalaydigan qo'sh ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
855.47 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
855.47 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: pptx