Aminokislotalarning tuzilishi va xossalari. Oqsillarning tuzilish darajalari Reja: 1. Aminokislotalar - oqsillarning tuzilish birligi. 2. Aminokislotalarning umumiy xossalari. 3. Oqsillarning tuzilish darajalari. 1. Aminokislotalar - oqsillarning tuzilish birligi. Aminokislotalar organik karbon kislotalar bo'lib, unda uglevodorod zanjirida kamida bitta vodorod atomi aminoguruhga almashingan bo'ladi. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortig'i, umuman oqsillar tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmisining ko'p qismi ham faqat ayrim organizmlarda, ba'zilari alohida oqsillar va peptidlar tarkibida bo'ladi. Hamma organizmlarda oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar soni 20 ga teng. Ular proteinogen aminokislotalar deb ataladi. Qolgan aminokislotalar oqsil tuzilishida ishtirok etmaydi; ular hujayrada erkin holda (almashinuv mahsuloti sifatida) bo'lishi yoki oqsil bo'lmagan birikmalar tarkibiga kirishi mumkin. Masalan, ornitin va sitrullin arginin proteinogen aminokislotasi hosil bo'lishida oraliq mahsulot hisoblanadi va siydikchil sintezida ishtirok etadi; gamma-aminomoy kislota ham erkin holda uchraydi va nerv impulslarining o'tkazilishida mediator vazifasini o'taydi; beta-alanin esa vitamin-pantotenat kislotaning tarkibiga kiradi. Tiroksin-qalqonsimon bezning asosiy gormoni bo'lib, tireoglobulin tarkibida va qonda erkin holda uchraydi. Melanin - pigmentlar va adrenalinning hosil bo'lishidagi muhim oraliq mahsulot. Bundan tashqari, tabiiy mahsulotlar tarkibida, masalan, turli antibiotiklar va alkoloidlarda bir qator g'ayritabiiy stereoizomerlar, aminokislotalarning D-izomerlari (D-fenilalanin, D-leysin, D-alanin) ham uchraydi. Oqsillarning tarkibiga kiradigan hamma aminokislotalar L- aminokislotalar bo'lib, ularning NH2 - aminoguruhi alfa-holatda bo'ladi: α R - CH - COOH l NH2 Aminokislotalarning 3 xil tasnifi qabul qilingan: struktura - yon radikal zanjirning tuzilishi bo'yicha; elektokimyoviy - aminokislotalarning kislota-ishqoriy xossalari bo'yicha; biologik yoki fiziologik, ya'ni organizm uchun aminokislotalarning almashinmaydigan darajasi bo'yicha. 1). Strukturasi bo'yicha aminokislotalar quyidagi guruhlarga bo'linadi: 2). Aminokislotalar elektrokimyoviy xossalariga ko'ra ularning tarkibidagi ishqoriy va kislotali guruhlarning nisbati va qutbli guruhlarning mavjudligiga qarab kislotali, ishqoriy va neytral; qutbli va qutblanmagan aminokislotalar guruhiga bo'lish ham mumkin. Kislotali aminokislotalarga yon zanjirida qo'shimcha karboqsil guruhi bo'lib, kislotalik xususiyatini ta'minlaydigan aminokislotalar kiradi: aspartat kislota, glutamin kislota, tirozin, sistein. Ishqoriy aminokislotalarga arginin, lizin, gistidin kirib, ular qo'shimcha aminoguruh, guanidin va imidazolli bo'lib, bular aminokislotada ishqoriy xususiyatni namoyon qiladi. Neytral aminokislotalar - bu barcha qolgan aminokislotalar bo'lib, ularning radikali kislotali va ishqoriy xususiyatlarni namoyon qilmaydi. Kislotali va ishqoriy aminokislotalar radikalining qutbiga qarab (kislotali yoki ishqoriy) qutbli aminokislotalarga, neytral aminokislotalar esa qutbsiz - gidrofob guruhga kiritiladi. 3). Aminokislotalar biologik yoki fiziologik ahamiyati bo'yicha ham 3 guruhga bo'linadi: almashinmaydigan, yarim almashinadigan va almashinadigan. Almashinmaydigan aminokislotalar organizmda boshqa moddalardan sintezlanmaydi, shuning uchun ular doimo ovqat bilan birga tashqaridan kirib turishi kerak. Umuman almashinmaydigan aminokislotalar soni 8 ta: valin, leysin, izoleysin, treonin, lizin, metionin, fenilalanin, triptofan. Yarim almashinadigan aminokislotalar organizmda hosil bo'ladi, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
299.18 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
299.18 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: doc