Mavzu: Aminopiridinlar asosida gossipolning yangi hosilalari sintezi RЕJA: Kirish Hozirgi kunda mahalliy o'simliklardan ajratib olinayotgan tabiiy birikmalar asosida yangi biologik faollikka ega bo'lgan moddalarni vaularni xalq xo'jaligining turli sohalariga tadbiq etish asosiy muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda insoniyat oldida mahalliy o'simliklar tarkibidan ajratib olinadigan tabiiy birikmalar asosida bakteriya, virus va zamburug'larga qarshi faollikka ega bo'lgan dori vositalarini yaratish bugungi kunning eng muhim muammolaridan biri tasanaladi. Tabiiy birikmalardan olingan moddalar o'ziga xos fizik-kimyoviy va biologik faollikni namayon etadi. O'simliklar tarkibidan (jumladan, poya, barg, ildiz va h.k) ajratib olingan moddalarni funksional guruhlari bo'yicha modifikatsiyalash yordamida yuqori biologik faollikni namoyon qiluvchi moddalarni olish mumkin bo'ladi. Shunday ekan g'o'za o'simligining ildizi va chigiti tarkibida uchraydigan gossipol moddasining turli tabiatli moddalar bilan hosil qiladigan birikmalari ko'plab kasalliklar keltirib chiqaradigan virus va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi biologik faol moddalar ekanligi aniqlangan. Keyingi yillarda olib borilgan ishlar shuni ko'rsatmoqdaki, gossipolning turli xil aminobirikmalar bilan olingan hosilalari gossipolga nisbatan yuqori fiziologik faollikka ega ekanligi aniqlangan. Gossipol turli tabiatli aminobirikmalar tez va osonlik bilan reaksiyaga kirishib Shiff asoslarini hosil qiladi. Shiff asoslariningbiologik xossalari gossipolga nisbatan yuqori, shular qatorida interferon induktorligi ham Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda turli mikroorganizmlarga qarshi yuqori faollikni namoyon qiluvchi yangidan-yangi dorivor preparatlarni sintez qilish eng asosiy dolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Bunday maqsadda Respublikamizning asosiy texnik o'simligi hisoblanmish paxta tarkibidan yot modda sifatida chiqarib tashlanadigan gossipol moddasidan foydalanish ayni muddao hisoblanadi. Chunki avvaldan gossipol moddasining o'zi va uning ko'pchilik hosilalari interferon induktorlovchi xususiyatga egaligi haqida ma'lumotlar ma'lum. Shu asnoda, gossipol bilan geterosiklik birikmalarning Shiff asoslarini olish va ular ichidan yuqori biologik faollikka ega bo'lganlarini ajratib olish, so'ngra ularni meditsina sohasiga qo'llash uchun dori vositalarini yaratish, biorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosining dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi. Ishning maqsadi: Gossipol asosida ayrim aminopiridin birikmalar bilan Shiff asoslarini sintez qilish va ularning tuzilishini UB, spektrlari yordamida tekshirish, olingan moddalarning biologik faolligini oshirish maqsadida ularning Ni(CH3COO)2*4H2O bilan metallokomplekslarini olish. Ishni bajarish uchun oldimizga quyidagi vazifalarni qo'ydik: - Adabiyotlardan gossipol to'g'risida ma;umotlar to'plash - Gossipol bilan ayrim aminopiridin birikmalarining Shiff asoslarini olish. - Sintez qilingan Shiffasoslarining nikelatsetat (Ni(CH3COO)24H2O) bilan metallakomplekslarini spektroskopiya usullari yordamida o'rganish. - Sintez qilingan moddalarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlash. - Metallokomplekslar tarkibidagi metalni (Ni) FEK usuli yordamida aniqlash. - Sintez qilingan Shiff asoslarinig asosliligini potensiometrik titrlash yordamida o'rganish. - Sintez qilingan moddalarning tuzulishini UB, spektrlari yordamida tekshirish. Ximoyaga quyidagilar chiqariladi: - Gossipol bilan ayrim aminopiridin birikmalarining Shiff asoslari; - Sintez qilingan Shiff asoslarining ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.72 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.72 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: doc