Ammiak sintezi qurilmalari

Ammiak sintezi qurilmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Ammiak sintezi qurilmalari - rasmi

Material tavsifi

Ammiak sintezi qurilmalari Reja: 1.Ammiak sintezi kurilmalari xillari. 2.Urta bosimda ishlaydigan ammiak sintezi kurilmasi tasviri. Tayanch iboralar: Puflanuvchi gazlar, sirkulyatsion gaz, separator. AMMIAK SINTEZI QURILMALARI XILLARI. Ular qo'llanilayotgan Н2 Q N2 aralashmasining bosimiga qarab uch xilga bo'linadi: 1) Past bosim (9-19 МПа) da ishlovchi qurilmalari. 2) O'rta bosim (27-32 MPa) dagi qurilmalari. 3) Yuqori bosimlar (44-98 MPa) da ishlaydigan qurilmalar. Past bosimli qurilmalar qo'pol, bahaybat bo'lib, ammiakni ammiak-azotvodorod aralashmasidan kondensatlab, ajratib olishda qo'shimcha elektr energiyasi talab qilgani uchun keng qo'llanilmaydilar. Katta bosimda ishlaydigan ammiak ishlab chiqarish qurilmalari ham keng qo'llanilmaydi, chunki ular murakkab tuzilgan va qalin yasalgan apparatlarni talab qiladilar. MDH va chet elda ko'p tarqalgan qurilmalar - bu o'rta bosimda ishlaydigan qurilmalardir. Hozirgi vaqtda o'rta 29-34 MPa da ishlaydigan, birlamchi quvvati yirik, kuniga 600, 1360 va 1420 tonna sintetik qurilmalar keng tarqalgandir. Kuniga 600 tonna ammiak ishlab chiaradigan qurilmalarda toza N2 QН2 aralashmasi ko'p maqsadli siquvchi mashinada 33 MPa gacha siqilib, sovuq issiqlik almashgich quvirlari orqali o'tib 290 K gacha sovib (sovish jarayoni separatordan chiqayotgan sovuq gaz hisobiga bo'ladi) ammiakli bug'latgichga kiradi. (u yerda sirkulyatsion gazi 270 K gacha sovutiladi). Shuni ta'kidlash kerakki, nazariy jihatdan 1 tonna ammiak ishlab chiqarish uchun 2633 м3 azot vodorod aralashmasi kerak, amaliyotda esa bu miqdor 2800-2900м3 ni tashkil etadi. O'RTA BOSIMDA ISHLAYDIGAN AMMIAK SINTEZI QURILMASI TASVIRI. O'rta bosimda ishlaydigan bunday qurilmalar O'zbekiston Respublikasida bir qator korxonalarda keng taralgandir. (29.1-rasm). Yangi azot-vodorodni aralashma kompressor (10) dan 300-320 atm. bosimda yog' ajratgi (5) ga kelib, undan dastlabki kataliz minorasi (9) ga boradi. Dastlabki kataliz minorasi (9) da azot-vodorod aralashmasi tarkibidagi qoldiq kislorod uglerod monooksidi, uglerod dioksidi katalitik usul bilan xrom-nikel katalizatorida 200-250 0С yoki ammiak sintezida ishlatilgan temir katalizatorida 400 0С haroratda yuqoridagi 28,20; 28,21 va 28,22 dagi gidridlash reaksiyalari orqali metan gazi va suv bug'lari hosil qilib tozalanadi. Dastlabki kataliz (9) minorasidan chiqqan azot-vodorod aralashmasi keyinchalik suvli sovitgich (2) ga yuboriladi. U yerda suv bug'lari suyuqlikka o'tkaziladi va u suv ajratgich (8) da gaz aralashmasidan ajratiladi. Kislorodli birikmalardan tozalangan azot-vodorod aralashmasi qurilmada aylanib yurgan azot-vodorod aralashmasi bilan ammiakli bug'latgich (7) ga kirish oldidan aralashtiriladi. Bug'latgich (7) da gaz aralashmasi - 5 0С gacha bg'latgich (7) ning quvirlararo oralig'ida suyuqdan bug' holiga o'tayotgan ammiak bilan sovutiladi. Bu yerda gaz aralashmasidagi ammiak kondensatsialanadi.So'ngra gaz aralashmasi kondensatsion minora (6) ning pastki qismiga beriladi; u yerda gaz aralashmasidan suyuq ammiak ajratiladi. Gaz aralashmasi kondensatsion minora (6) ning separator qismidan o'tgach, bu minoraning issiklik almashgichli qismi quvirli qismiga kiradi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 901.33 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 901.33 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga