Ammiak va azot kislotasini ishlab chiqarish texnologiyasi to'g'risida tushuncha Reja: 1.Azot birikmalari va uning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. 2.Atmosfera azotini fiksatsiyalash usuli. Azotning xom ashyo manbalari va ishlatilishi. Azot tabiatda erkin holda va birikmalar shaklida bo'ladi. Azotning asosiy qismi atmasferada ( massa bo'yicha 75,6%) erkin holda bo'ladi. Birikmalar shaklida esa yer po'stlog'ining 0,4 % ni (massa bo'yicha) azot tashkil etadi. U turli organik moddalar tarkibida, odam, hayvonlar va o'simliklar organizmida, qazilma boyliklar, ko'mir, neft, torf, slanets tarkibida uchraydi. Anorganik birikmalar shaklida azot kam uchraydi. Uning natriy nitrat tuzi (Chili selitrasi) Chilida va janubiy Afrikada, kaliy nitrat (Hind selitrasi) esa Hindistonda topilgan. Malum miqdor ammoniy sulfat tuzi ko'mirni kokslashdan olinadi. Azot tirik tabiatda odamlar, hayvonlar va o'simliklar hayotida benihoyat muhim rol o'ynaydi, muhim ozuqa mahsuloti hisoblanadi. U oqsil tarkibiga kiradi. Organizmda muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ammo odam va hayvonlar, o'simliklar, mikrorganizmlar tanasida oksidlar yoki boshqa organik moddalr (fermentlar, vita'minlar, garmonlar, nuklein kislotalar va boshqalar) sintezida elementar holdagi azot emas (u juda inert elementdir, uning disotsiyalanish energiyasi 945 kJmol bo'lib, atomlari orasidagi bog'lar juda mustahkamdir, taqqoslash uchun xlor molekulasining dissotsiyalanish energiyasini 243 kJmol olish mumkin) balki uning birikmalari ishtirok etadi. Azot birikmalari bo'yoqlar, plastmassalar (aminoplastlar) kimyoviy tolalar (kapron, neylon, enant, poliamid tolalar) suratkashlik preparatlari, dori- darmonlar, portlovchi moddalar, azotli o'g'itlar, ammiak va nitrat kislotasi va boshqa o'nlab xalq xo'jaligi uchun muhim bo'lgan qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ishlatish sohalarining kengligi, azot birikmalari manbalarining esa kamligi, atmosfera azotini biriktirib olish muammosini ko'ndalang qilib qo'ydi. Atmosfera azoti bitmas-tuganmasdir. Har gektar yer yuzasiga to'g'ri keladigan atmosfera azotini massasi 80 00 tonnaga tengdir. Atmosfera azotini birikmaga aylantirish usullari Atmosfera azotini tabiatda faqat tugunak bakteriyalari (dukkakli o'simlmklar ildizida bo'ladi) o'zlashtira oladi. Yana chaqmoq chaqqanda havo da azot oksidlanadi, yogin bilan birga yerga tushadi.1898 yilda olimlarning Britaniya assotsiatsiyasi majlisida Kruks texnologlar uchun muhim muammoni yptaga tashladi: Atmosfera azotini boglab olish buyuk kashfiyotlardan biri bo'lib, uni kimyogarlar ixtirochiligidan kutish kerak degan edi. Shundan keyin ko'p utmay bu kashfiyot amalga oshdi. XX asrning boshlarida atmosfera azotini biriktirib olishning uch usuli topildi: 1. Tsianamidli usul; 2. Elektr yoy usuli; Z. Ammiak sintezi usuli. Tsianamidli usulda (I904 yilda Frak va Karolar bu usulni kashf etishgan) yuqori haroratda oxakka kumir kushib maxsus pechlarda kizdiriladi. So'ngra hosil bo'lgan kaltsiy karbid tsianamidga aylanadi. Kaltsiy tsianamid, tsianamid -NH2 CN ning hosilasi bo'lib, kukunsimon kulrang modda (tsianamidning tuzilishi kuyidagicha H2N-S=N. Unga suv bug'i ta'sir ettirilganda osonlikcha parchalanib ammiak va kaltsiy karbonatga aylanadi, Sa(CN)2 +3H2O=SaSO3+2NH3+75 kJ Shu usulga ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
858.11 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
858.11 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: docx