Ammiak va nitrat kislotani ishlab chiqarish

Ammiak va nitrat kislotani ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Kimyo
Ammiak va nitrat kislotani ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Ammiak va nitrat kislotani ishlab chiqarish Reja: Nitrat kislotani ishlab chiqarish bosqichlari. Ammiak ishlab chiqarish usullari Ammiak ishlab chiqarish uchun xom ashyo Suyultirilgan nitrat kislotani ishlab chiqarish Kontsentrlangan nitrat kislotani ishlab chiqarish Nitrozali gazlarni suyultirilgan nitrat kislotagacha qayta ishlash. Azot oksidining suv bilan ta'sirlashuvi Nitrat kislotasi VII asrdan buyon malumdir. Deyarli ming yildan ortiq vaqt mobaynida nitrat kislota selitrani temir kuprosi yoki achchiqtosh bilan aralashmasini qizdirish yo'li bilan olingan. XVII asrning oxiridan boshlab nitrat kislotani olishda selitraga kontsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirib, qizdirish usulidan foydalanilgan, NaNO3 H2SO4 NaHSO4 HNO3 Bu reaksiya natijasida bug'simon nitrat kislotasi va suyul-tirilgan natriy bisulfat hosil bo'ladi. Bunday usulda nitrat kislotasini olish bo'yovchi moddalar, davolovchi preparatlar, portlovchi moddalarni azotirlash usuli bilan olishning rivojlanishi bilan bog'liqligi tufayli keng ko'lamda foydalanila boshlandi. Shunday qilib, muhim kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish dunyoda xom ashyoning yagona, aksariyat xollarda yirik ishlab chiqaruvchi davlatlardan uzoqda joylashgan manbalarga bog'liq bo'lib qoladi. XX asr boshlaridan nitrat kislotani kokos ammiakidan olish usuli ishlab chiqildi, bu usuldan keyinchalik sintetik ammiakni qayta ishlashda foydalanildi. Nitrat kislota duga usuli bilan xam olinadi. Bugungi kunda nitrat kislota faqat sintetik ammiakdan olinib, chili ammiaki esa o'g'it sifatida ishlatiladi. Natriyli selitra xam ko'p miqdorda sintetik usul bilan olinadi. Nitrat kislotani ishlab chiqarish bosqichlari. Birinchi bosqichda ammiak azot oksidigacha oksidlanadi. 4NH3 5O2 4NO 6H2O Q Bunda tarkibida azot oksidlari, kislorod, azot va suv bug'lari saqlangan nitrozali gazlar hosil bo'ladi. Nitrat kislota olish jarayonining ikkinchi bosqichida azot oksidi kislorod bilan oksid-lanib, azot (II) oksidi suv bilan ta'sirlashadi va nitrat kislota hamda azot oksidini hosil qiladi. 2NO O2 2NO2 Q 3NO2 H2O 2HNO3 NO Q Azot oksidi yana oksidlanib, gazli aralashma tarkibida kislorod saqlagan holda esa uni butunlay nitrat kislotaga aylantirish mumkin. Suyultirilgan nitrat kislotani ishlab chiQarish Ammiakdan suyultirilgan nitrat kislota olishning texnologik sxemasi rasmda ko'rsatilgan. havo qurilmaga odatda zavod hududidan tashqarida joylashgan to'siqli trubalar orqali yuboriladi. havoni mexanik va kimyoviy aralashmalaridan tozalash uchun to'rsimon ko'pikli yuvgich va kartonli filtrlar o'rnatiladi. Ammiak mexanik arlashmalar va moylardan tozalanishi maqsadida kokosli va kartonli filtrlardan o'tkaziladi. Havo, ammiak va qo'shimcha kislorodni yuborish jarayonida ammiak havo ventilyatorlaridan shunday foydalanish zarurki, gazli aralashma 10-12% ammiak saqlashi lozim. So'ngra gazli arlashma porolit filtridan o'tkazilib, unda g'ovaksimon keramika orqali filtratsiya-lanadi va yuqoridan kontaktli apparatga tushiriladi, bu apparatning o'rta qismida platinarodiyli to'rlar joylashtiriladi. Ammiakning azot oksidigacha oksidlanish darajasi 97 - 98% ni tashkil etadi. Kontakt apparatdan itrozali gazlarning harorati odatda 800 0S atrofida bo'lishi ta'minlanadi. Utilizator ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.94 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga