Ammiakli selitra ishlab chiqarish Reja: Azotli o'g'itlar. Ammiakli selitra. Ammiakli selitra ishlab chiqarish. Azotli o'g'itlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilguncha davr ichida faqatgina Chili selitrasi - NaNO3 qishloq xo'jaligida o'simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan. Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o'g'itlar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o'g'itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari - fosfat, sul'fat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli (NH4NO3), nitratli (nitrat kislotaning kaltsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid - (NH2)2CO, kaltsiy tsianamid - CaCN2 va boshqalar) o'g'itlar hisoblanadi. Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o'g'itlar, suyuq azotli o'g'itlar - ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlatiladi. Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir kom'onentli - azotli o'g'itlar haqida so'z yuritiladi. Ammoniyli va nitratli tuzlarning ko''chiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot o'simliklarga yaxshi o'zlashadi (ayniqsa, NO3- ning tu'roqda harakatchanligi yuqori bo'ladi). Ammoniyli o'g'itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli o'g'itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi. Ammiakli selitra. Ammoniy nitrat NH4NO3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Mahlumki, ammoniy nitrat - ammiak va nitrat kislotasining o'zaro tahsirlashuv jarayonida hosil bo'ladi. Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasini bayon etishdan avval bu modda haqida batafsil mahlumotga ega bo'lish zarur. Ammiakli selitra (NH4NO3) asosan o'simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. U atmosfera bosimida va - 50OC dan 169,6OC gacha harorat oralig'ida besh xil kristallik shaklida bo'ladi. NH4NO3 - N2O 'olitermik diagrammasida ammoniy nitratning I-IV turg'oq kristall shakli uchun harorat oraliqlari ko'rsatilgan. U 169,6OC da suyuqlanadi va V-shakli esa -16,9OC dan quyi haroratdagina turg'oq bo'ladi. Kristall shakllarining o'zgarish chegarasi hamda harorati ammiakli selitraning namligi va tarkibidagi qo'shimchalar miqdoriga bog'liq bo'ladi. Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning 100OC haroratdagi eruvchanlik koeffitsenti 100 ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini kristallanish haroratidan yuqoriroqda bug'latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga aylanadi. U o'ta gigrosko'ik modda hisoblanadi. 30OC haroratda to'yingan eritmasi (70,2% li) ning yuzasidagi bug' bosimi 2,46 K'a (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, gigrosko'ik nuqtasi esa 60% atrofida bo'ladi. Bunda havoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo'lganda u namlanib qoladi. Ammoniy nitrat gigrosko'ikligi va uni havodan nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qo'shilganda ortib boradi. Masalan, 1,2% magniy nitrat qo'shilsa, ammoniy nitratning gigrosko'ik nuqtasi 8-12% gacha pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi. Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsenti yuqoriligi, gigrosko'ikligi va 'olimorf o'zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari o'zaro yo'ishib, qattiqlashib qoladi. Se'iluvchanligi yo'qolib, uni ishlatish qiyinlashadi. Ammoniy nitratning yo'ishqoqligini kamaytirish uchun: Mahsulot tarkibida ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:23:34
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
117.31 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:23 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
117.31 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:23 ]
Arxiv ichida: docx