Ammoniy tuzlari va ularning xossalari. Ammoniy ioni

Ammoniy tuzlari va ularning xossalari. Ammoniy ioni

O'quvchilarga / Kimyo
Ammoniy tuzlari va ularning xossalari. Ammoniy ioni - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Ammoniy tuzlari va ularning xossalari. Ammoniy ionini bilib olish. Dars jihozi: Elementlar davriy jadvali, jadvallar va tarqatma materiallar. Darsning borishi: I. tashkiliy qism: davomatni aniqlash, yangiliklar bilan tanishish. II. Asosiy qism: Uyga vazifani so'rash. O'tilgan mavzuga doir savol-javob: 1.Ammiakning tabiatda uchrashi haqida ma'lumot ayting. 2.Ammiak necha gradusda suyuqlanib, necha gradusda qaynaydi? 3.Ammiak laboratoriyada qanday usullarda olinadi? Reja:  Ammoniy tuzlari haqida umumiy ma'lumot.  Ularning xossalari.  Ammoniy ionini bilib olish. Tarkibida ammoniy ioni - NH4+ bo'lgan ammoniy tuzlari deb ataladi. Ular o'zining fizik-kimyoviy xossalari jihatidan malum darajada ishqoriy metallarning tuzlariga o'xshaydi. Ammoniy xlorid hatto mazasi jihatidan hatto kaliy xloridga o'xshaydi. U suvda yaxshi eriydi. Suyultirilgan eritmalarda ionlarga to'liq dissotsilanadi: NH4Cl → NH4+ + Cl- Shuning uchun ammoniy boshqa tuzlar bilan ham to'liq almashinish reaksiyasiga kirishadi. Masalan: NH4Cl + AgNO3 → AgCl↓ + NH4NO3 Tenglamani ionli shaklida yozsak u quyidagi ko'rinishni oladi: NH4+ + Cl- + Ag+ + NO3- → AgCl↓ + NH4+ + NO3- Ag+ + Cl- → AgCl↓ Ammoniy tuzlari qizdirishga chidamsiz, ayrimlari masalan: (ammoniy karbonat) odatdagi sharoitda ham parchalanadi. NH4Cl → NH3 + HCl (NH4)2CO3 → NH3 + NH4HCO3 NH4HCO3 → NH3 + CO2 + H2O Suvdagi eritmalarida ammoniyli tuzlardan NH4OOCCH3, (NH4)2CO3, (NH4)3PO4, NH4NO2, NH4CNS, (NH4)2S lar kation, ham anion bo'yicha gidrolizlanadi. NH4Cl, NH4NO3, (NH4)2SO4, NH4ClO4 kabilar faqat kation bo'yicha gidrolizlanib eritma muhiti kislotali bo'ladi: Qattiq holdagi ammoniy tuzlarini hosil qilgan kislotalarning kuchi ortib borishi bilan ularning termik barqarorli ham ortib boradi. NH4NO3, NH4F ga nisbatan NH4Cl unga nisbatan NH4J barqaror moddalardir. Ammoniy tuzlari so'ndirilgan ohak eritmasi bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi: 2NH4Cl + Ca(OH)2 → CaCl2 + 2NH4OH Lekin ammoniy gidrooksid beqaror modda bo'lganligi uchun eritmada kontsentratsiyasi ortib borishi bilan parchalana boshlaydi. NH4OH → NH3 + H2O Shuning uchun ammoniy tuziga ishqor ta'sir ettirilganda ammoniy gidrooksid hosil bo'lishi tufayli ammiakning o'tkir hidi chiqadi. Bu ammoniy tuzlarini bilib olishning eng oson usulidir. Laboratoriyada ammiak olish ham xuddi anashunday reaksiyalarga asoslanadi. Agar yuqoridagi oxirgi reaksiya tenglamasini umumashtirib yozsak, u quyidagicha ko'rinishda bo'ladi. 2NH4Cl + Ca(OH)2 → 2NH3↑ + 2H2O + CaCl2 Bu reaksiyada qizdirish natijasida ammiakning ajralishi tezlashadi. Ko'pchilik ammoniy tuzlar, azotli o'g'itlar, portlovchi moddalar sifatida ammoniy karbonat oziq-ovqat sanoatida xamirni ko'pchitishda, amoniy xlorid gazlamalarga gul bosishda, bo'yoq ishlab chiqarishda, metallarni kavsharlashda va boshqalarda ishlatiladi. Mustahkamlash uchun savollar: Azot molekulasidagi atomlarning bog'lanish tabiatini tushuntirib bering. Yer qobig'ida azot necha foizni tashkil qiladi? Azot guruhchasidagi elementlarni xossalaridagi o'xshashlik va farqlarni tushuntirib bering. Darsni yakunlash.  Baholash va izohlash.  ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 179.92 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 179.92 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga